Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tili o‘qitishda sistemaviylik va izchillik prinsipi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə17/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tili o‘qitishda sistemaviylik va izchillik prinsipi. Ma’lumki, ona tili o‘quv fani sifatida ma’lum tizimdan iborat. Bu sistema o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik tomonlarini o‘z ichiga oladi. Ana shu til tizimini tashkil qilgan unsurlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ular bir-biri bilan uzviy va chambarchas bog‘langan.
Maktabda tilning fonetikasini o‘rganmasdan uning gramma-tikasini o‘rganish mumkin emasligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Fonetika va grafikani yetarli darajada o‘zlashtirgan o‘quvchigina leksikani puxta o‘zlashtiradi. Leksika puxta o‘rganilgach, so‘z turkumlarini o‘rganish osonlashadi. Shuning uchun til hodisalarini o‘zaro uzviy aloqadorlikda o‘rganish uning samaradorligini ta’minlovchi asosiy vosita sanaladi.
Ta’limda izchillik prinsipi sistemaviylik prinsipi bilan uzviy bog‘langan. Кishining kundalik faoliyatida ham, o‘quv ishlarida ham muttasillik, muntazamlilik bo‘lishi shart. Akademik I.T.Pavlov: «Ishning boshlanishidayoq o‘zingizni fan asoslarini izchil egallashga o‘rgating. Fanning eng yuksak cho‘qqilarini egallashdan oldin uning ibtidosini o‘rganing. Oldingilarini o‘zlashtirmasdan turib, keyingilarini o‘rganishga o‘tmang»,–deb o‘quvchilarga maslahat beradi.
Bolalarning nutqiy tayyorlanganligiga tayanish, ularning boshlang‘ich va oldingi sinflarda hosil qilgan bilimlarini hisobga olish, o‘rganilgan, o‘rganilayotgan va keyin o‘rganiladigan bilimlar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlikni ta’minlashga izchillik prinsipi orqali erishiladi.
Ona tili dasturlarida materialning bosqichli ketma-ketlik prinsipi asosida berilishi izchillik prinsipini amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki muayyan bir mavzu yuzasidan o‘quvchilarda zarur bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish faqat shu mavzu doirasida qolib ketmaydi. Кeyingi bosqichda egallangan bilimlar mustahkamlanadi va eng muhimi, bu bilimlarni o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib kirish orqali ular amaliy ko‘nikma va malakaga aylanadi.
Sistemaviylik va izchillik prinsipi nafaqat o‘qituvchi faoliyatida, balki o‘quvchi faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega. Fikrni bayon qilish tartibini belgilash, bayon va insho uchun oddiy va murakkab reja tuzish kabi topshiriqlar o‘quvchilardan sistemaviylik va izchillikni talab etadi.
Shunday qilib, sistemaviylik va izchillik prinsipi ona tili ta’limining mazmunini belgilashda ham, o‘qituvchi faoliyatida ham, o‘quvchi faoliyatida ham o‘z ifodasini topadi. Bu prinsipni amalda tadbiq etish ta’lim mazmunini takomillashtiradi; o‘quvchilarning o‘quv-biluv faolligini oshiradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə