Navoiy shahar 16-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashgan maktabi 9-“ ”­­­­­ sinf o’quvchisi


-AMALIY ISH. UGLEROD (IV)-OKSIDI HOSIL QILISH VA UNING XOSSALARI BILAN TANISHISH



Yüklə 87,29 Kb.
səhifə9/12
tarix27.09.2023
ölçüsü87,29 Kb.
#124064
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-AMALIY ISH. UGLEROD (IV)-OKSIDI HOSIL QILISH VA UNING XOSSALARI BILAN TANISHISH
Maqsad: uglerod (IV)-oksidi hosil qilish va uning xossalari bilan tanishish; karbonat ioni butligini aniqlash; karbonatlar bilan kechadigan reaksiya natijasida hosil bo`ladigan modda massasi va hajmini hisoblab chiqara olish.
Jihozlar: probirkalar, gaz o`tkazuvchi nayli tiqin, shtativ tarozi toshlari bilan, filtr qog‘ozi, elektr qizdirgich.
Reaktivlar: bor, marmar yoki ohaktosh bo‘laklari (CaC03), suyultirilgan xlorid kislota (HC1), ohakli suv (Ca(OH)2), distillangan suv, ko‘k lakmus eritmasi, suyultirilgan o‘yuvchi natriy (NaOH), fenolftalein eritimasi, tuproq namunasi, kumush nitrat eritmasi (AgN03).
Ishni bajrish tartibi:

  1. usul. 1. Probirkaga bo‘r yoki marmardan bir necha bo‘lak solinadi va suyultirilgan xlorid kislotadan ozgina quyiladi.

  1. Probirka og‘zi gaz o‘tkazuvchi nayli tiqin bilan berkitiladi hamda nayning uchi 2-3 ml ohakli suv quyilgan probirkaga tushuriladi va sodir bo`layotgan hodisa kuzatiladi.

  2. Gaz o`tkazuvchi nayni distillangan suv quyilgan eritmaga tushuring. Gazning distillangan suvdan o'tishi 1-2 daqiqa davom etsin. Nayni chiqarib olib, olingan eritmaga bir necha tomchi ko‘k lakmus eritmasidan tomiziladi.

  3. Probirkaga suyultirilgan o‘yuvchi natriy eritmasidan 2-3 ml quyib unga bir necha tomchi fenolftalein qo‘shing. So‘ngra eritma orqali gaz o‘tkaziladi.

  4. 10 g tuproq namunasidan olib, suv bilan aralashtiriladi. Aralashma filtrlanib, probirkaga quyiladi.

  1. Tuproqdan 2-3 g probirkaga solib, uning ustiga suyultirilgan xlorid kislota quyiladi. Nima kuzatiladi?

  2. Yuqorida olingan filtratga kumush nitratdan ozgina quying. Hosil bo`lgan oq rangli cho`kmani filtrlab oling.

Cho`kmani ikkiga bo`lib, 1-qismiga ammiak yoki suyultirilgan xlorid kislota quyiladi, 2- qismi qizdiriladi. Nima kuzatiladi?


  1. Yüklə 87,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə