Nazorat topshiriqlari



Yüklə 217,6 Kb.
səhifə7/53
tarix07.03.2023
ölçüsü217,6 Kb.
#102057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
5-10-sinf nazorat ishlari yangi

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob

A

A

A

B

A

D

A

C

D

C

Javobi yoziladigan testlar

  1. 1960-yil „Triyest” batiskafida qaysi okean botig‘i aniqlangan?

Javob: 1960-yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho‘kmasini zabt etdi.

  1. Hozir Dunyo okeanida qancha hayvon va o‘simlik turi mavjud?

Javob: Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida o‘simlik turi mavjud.

  1. Nektonlar qanday organizmlar?

Javob: Nektonlar – erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar bo‘lsa, planktonlar suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fitoplankton va zooplanktonlar).
14.Hozir Dunyo okeani sohilida qancha dengiz port-shaharlar mavjud?
Javob: Hozir Dunyo okeani sohillarida 2700 ta dengiz port – shaharlari mavjud.
15. Dengiz turizmidan olinadigan daromad qancha dollarni tashkil etadi?
Javob: Undan tushgan yillik daromad 220 mlrd. dollar ($)ni tashkil etgan.


3-NAZORAT ISHI
Mavzu: Afrika materigi
Nazorat shakli: Amaliy topshiriq
I variant.

  1. Afrika materigini 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho‘zil­gan­li­gi­ni gradus va km larda hisoblang.

Javob: 20° meridian yoyi bo‘ylab Afrikaning chekka shimoliy nuqtasi 32° shimoliy kenglikdan, janubi esa 35° janubiy kenglikka to‘g‘ri keladi. Bu ikki nuqta ikki xil yarimsharda joylashganligi sababli ular o‘zaro bir-biriga qo‘shiladi, ya’ni 32°+35°=67°. Demak, 20° meridian yoyi bo‘ylab Afrika materigi shimoldan janubga 67° ga cho‘zilgan. Endi uni km larda ifodalaymiz. Buning uchun bizga 1° meridian yoyining o‘rtacha uzunligining qiymati kerak bo‘ladi. Bu qiymatda 1° meridian yoyining o‘rtacha uzunligi 111,1 km ga teng. Bundan 67×111,1 km = 7443,7 km. Afrika materigi 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga 67° ga cho‘zilgan. Bu o‘rtacha 7443,7 km ni tashkil etadi.

  1. Materikning quyida berilgan iqlim xususiyatlariga ega bo‘lgan hududlari iqlim mintaqalari qan­day nomlanadi?

ushbu hudud ekvatorning har ikkala tomonida joylashgan. Yil bo‘yi harorat yuqori va yog‘inlar miqdori ko‘p (1500-1800 mm) bo‘ladi. Ayrim joylarga 10.000 mm gacha, o‘rtacha yillik va oylik harorat 26°С ga teng;
hudud yuqori atmosfera bosimi oblastida joylashgan. Passatlar uzoq davom etadi. Yog‘inlar 100 mm dan kam. Bu yerda yanvar oyining o‘rtacha harorati 10°C, iyul oyiniki esa 38°C.

Yüklə 217,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə