Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/43
tarix29.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#141573
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

Nazorat savollari
1.Ikki qatorli quduqlarni qo’llashdan maqsad nima?
2.SHaxta necha metirgacha va nima nima maqsadda qaziladi?
3.Ajratilgandan keyin ikki va uch qatorli quvurlar oralig’idagi masofa
qancha bo’lishi kerak?
4.Tizmalar diametrlari o’lchamlari kanday bo’ladi?
5.Oralik bloki kanday tarkibiy qismlardan tuziladi?
6.Ishlatish usullarini hisobga olgan xolda kanday kombinasiyalarni qo’llash
mumkin?
7.Ikki qatlamni favvora- favvora tarxi bo’yicha kanday ishlatiladi?
8.Ikki qatlamni cho’qurlik nasosi va favvora tarxi bo’yicha kanday
ishlatiladi?
9.Birvaqtda aloxida kazib olish kaerda ko’p qo’llaniladi?
10.Suvni qatlamga bir quduq orqali aloxida haydash qachondan qo’llanila
boshlangan?
13 - MA’RUZA
Ma’ruza: Quduqlarda er osti ta’mirlash ishlarini olib borish
Reja
13.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
13.2. Quduqni er osti ta’mirlashda ishlatiladigan ko’taruvchi inshoat
va mexanizmlar.
13.3. Tal tizimi
13.4. Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun ishlatiladigan
asosiy instrumentlar.
13.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
Xar xil sabablar bilan quduqning normal (muayyan)
 
ishlashi buziladi,
natijada neft’ kazib olish kamayadi yoki butunlay to’xtaydi. Neft’ kazib olishning
kamayishi yoki butunlay to’xtashi er osti yoki usti jixozlari qismining buzilishi,
ishchi agent yoki elektroenergiyasining uzatilishi vaktincha to’xtashi, quduq tubiga
qum yoki suvning kelishi, parafinning qotib kolishi natijasida yuz beradi.
Quduqning uzok ishlamasdan turib kolishi quduqni ishlatish koeffisentiga ta’sir
ko’rsatadi. Quduqning ishlatish koeffisenti quduq ishlagan kunlarining umumiy


kunlar soni nisbatiga teng bo’ladi. Ishlatish koeffisenti 0,95-0,96 ga teng bo’lsa
yaxshi hisoblanadi Quduqda er osti tomirini utkazish uchun tuxtalishi ishlatish
koeffisentiga katta ta’sir kursatadi.

Joriy er osti ta’mirlash ishlariga quyidagi ishlar kiradi: CHo’qurlik
nasoslari yoki uning qismlarinialmashtirish, nasos shtangalarini uzilishi yoki
echilib ketishini bartaraf etish, nasosni yuvish, almashtirish, nasos-kompressor
quvuri yoki shtanga tizmalariga ko’shish yoki kamaytirish, quvurdagi sizishni
bartaraf etish, qum
 
yakorini tozalash, ishchi mufta va ko’shuvchi moslamalarni
tekshirish, qum tiqinini yuvish yoki tozalash, paker tushirish va almashtirish va
boshqa bir qancha ishlar kiradi. Bu ishlarni konda tashqil qilingan quduqni er osti
ta’mirlash brigadasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bir muncha qiyin bo’lgan ishlar, avariyani bartaraf etish, suvni
okishini tuxtatish, kiyshaygan tizmalarni to’girlash, mustaxkam tiqinni burg’ilash,
qatlamni gidravlik yorish
 
va boshqa bir qancha ishlar quduqni tubdan ta’mirlash
ishlariga kiradi. Bunday ishlarni neft konlari boshqarmasiga karashli tubdan
ta’mirlash idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kondagi er osti ta’mirlash ishlari buyicha tuzilgan brigada vaxta
bilan ishlaydi. Bir vaxta tarkibiga uch kishi kiradi: nazoratchi va yordamchisi
quduq atrofida ishlaydi, uchunchi qismi (traktorchi) shofyor kutaruvchi mexanizm
lebedaksida
 
ishlaydi. Ta’mirlashga tallo’qli barcha ishlar ko’taruvchi quvur (yoki
shtanga) ni kutarib-tushirish bilan bog’liq. Buning uchun xar bir ta’mirlash olib
borilayotgan quduqda kutaruvchi inshoat va kutaruvchi moslamalar joylashtirilishi
kerak.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə