Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/43
tarix29.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#141573
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

Nazorat savollari
1. Markazdan qochma cho’kma elektronasoslar qachondan qo’llanila
boshlangan?
2. CHo’kma elektronasoslarda ta’mirlash oralig’i qancha vaqtgacha bo’lishi
mumkin?


3.Ko’p pog’onali cho’kma markazdan qochma elektronasoslar kaysi vaqtda
qo’llaniladi?
4.Kanday quduqlarda cho’kma markazdan qochma elektronasoslar
qo’llanilsa yaxshi bo’ladi?
5.Neft’ tarkibida erkin gazlarning miqdori qancha bo’lishi kerak, va uning
miqdori cheklangan ko’rsatkichdan ortsa kanday salbiy ta’siri bor?
6.Shtangasiz markazdan qochma cho’kma elektronasoslarning er usti
jixozlari nimalardan tuzilgan?
7. Shtangasiz markazdan qochma cho’kma elektronasoslarning er osti
jixozlari nimalardan tuzilgan?
8. Nasosning chiqish joyida teskari–klapon nima maqsadda ishlatiladi?
9. Protektorning vazifasi nima?
10. Markazdan qochma cho’kma nasoslarni tanlashda nimalarga etibor
beriladi?
12 – MA’RUZA
Mavzu: Quduqni bir yo’la aloxida ishlatish.
Reja:
12.1.Bir va ikki qatorli quduqlar.
12.2.Bir yo’la aloxida ishlatish yo’llari.
12.1.Bir va ikki qatorli quduqlar.
Neft konlarini ishlatish tajribasi shuni ko’rsatadiki, jami asosiy xarajatlarni
yarmidan ko’pi maydonni bugilash va ishlatish uchun sarflanadi. SHundan ekan
tavsifga (bolsimi, o’kazuvchan-ligi va boshqalar) ega bo’lgan ko’p gorizontni
ishlashda –aloxida quduqlar to’rini burg’ilashga to’g’ri keladi. Boshqacha
aytganda bunday ko’p qatlamli konlarni ishlatish uchun ko’p sonli quduqlar
kazishga to’g’ri keladi.
Xarajatlarni kamaytirish maqsadida bir yo’la aloxida ishlatish usulidan
foydalaniladi. Neftli maydon bir yoki bir necha quduqlar to’ri bilan burgilanib, bir
quduq orqali bir necha maydon ochiladi. 

Bir yo’la-aloxida ishlatish usullaridan biri bir gurux Baku injenerlari
1951 yilda taklif kilgan variantdir. Bu usulda bir quduqdan bir nechta bir-biridan
ajralgan quvurlar orqali turli qatlamlarni bir vaqtda ishlatishdir.


181-rasmda ikki (b) va uch (a) qatorli quduqlar tuzilishi keltirilgan.
Burg’ilashdan oldin er yuzasida 3m cho’qurlikda shaxta kaziladi. SHaxta
ishlatish quvurlari tizmasini tushirilgandan keyin ajratish uchun xizmat qiladi.
Tizmani ajratish quduq ustini ma’lum masofada saqlashni ta’minlash, quduq usti
jixozlarini montaj kilishni engillashtirish, ishlatish va er osti ta’mirini o’tkazish
uchun xzizmat qiladi. Ajratilgandan keyin quduq usti markazlari orasidagi masofa
ikki qatorli quduqlarda 0,8 m ni va uch qatorlida ikki tizma orasidagi masofa 0,8 m
va bu ikkalasi uchinchi tizma orasidagi masofa 0,6 m ni tashqil qiladi.
Tizmalar diametri bo’yicha eng ko’p tarqalgan kombinasiyalar:
1). Ikki qatorli tuzilishda.
a). Xar ikkala tizma 102 mm.
b). Bir tizma 102 mm, ikkinchisi 127mm.
v). birinchi tizma 102 mm, ikkinchisi 152 mm.
g). xar ikkala tizma 152 mm.
2). Uch tizmani tuzilishi uchun.
a). Barcha uch tizma ham 102 mm.
b). Ikki tizma 102 mm, bitta tizma 127mm.
v). Ikki tizma 102 mm, bitta tizma 152mm.
Ko’p qatorli quduqlar kompressor yoki nasos usulida ishlatiladi.
Kompressor usulida ishlatishga quduq ustiga kichik o’lchamli armatura o’rnatiladi.
Nasos usulida ishlatishda v
ы
a xavfsiz xizmat ko’rsatiish, er usti va er osti
ta’mirlarini ikkinchi quduqni to’xtatmasdan o’tkazish uchun tebratma-dastgox va
quduq usti oralig’iga oralik mexanizmi tebratma-dastgox davomi sifatida beton
fundamentga olralik bloki o’rnatiladi.
182-rasmda 5t yuk ko’tara oladigan oralik bloki keltirilgan


1-metall rama; 2-buriluvchi strela; 3-ximoya kojuxi; 4va5- shkivlar; 6-
rolika-vtulkali zanjir; 7-kichik o’lchamli salnik.
Uning takribiy qismiga metall rama 1 buriluvchi strela 2 bilan. Rama va
buruluvchi strelada ikkita shkiv 4 va 5 pod
щ
evnikda berkitilgan bo’lib, ular
yordamida tebratma dastgox orqali sillik shtanga o’rnatilgan.
Balansirli tebratma dastgox va oralik bloklari joylashtirilgan tarxi 183-
rasmda keltirilgan.
183 rasm: Ikki
qatorli quduqda er osti
jixozlarini 
joylashish
tarxi. 
1-tebratma
dastgox; 
2-rolika-
vutulkali zanjir; 3-oralik
blok.


Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə