Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/43
tarix29.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#141573
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

Nazorat savollari
1.Quduqni ishlatishda kanday nasoslardan foydalaniladi?
2.Diametri 146 mm bo’lgan ishlatish quvurlari tushirilgan quduqlardan
shtangali cho’qurlik nasoslaridan bir kecha-kunduzda qancha maxsulot kazib
olinadi?
3.SHtangali cho’qurlik nasoslari kanday qisimlardan tuzilgan bo’ladi?
4.Plunjerning bir borib kelishidagi xajmi kanday aniqlanadi?
5.CHo’qurlik nasosi debiti kanday aniqlanadi?
6.SHtangali cho’qurlik nasosi kanday turlari bor?
7.So’qma nasos tuzilishini aytib bering?
8.Tebratma-dastgoxning kanday turlari bor?
9.Teratma – dastgox kanday qisimlardan tuzilgan bo’ladi?
10.Tebratma-dastgox kanday tanlanadi?
11 - MA’RUZA
Mavzu: Quduqlarni markazdan qochma cho’kma nasoslari bilan
 ishlatish.
Reja:
11.1. Markazdan qochma cho’kma nasoslarning ishlash prinsipi va
qo’llanish joylari.
11.2. Markazdan qochma cho’kma nasos qurilmasini qismlari.
11.3. Saklovchi moslama protektor.
11.4.Markazdan qochma cho’kma nasoslar tasnifini tanlash.
11.1.Markazdan qochma cho’kma nasoslarning ishlash prinsipi va
qo’llanish joylari.
Xozirgi kunda konlarda quduqdan neft kazib olish uchun shtangasiz
nasoslar qurilmalaridan keng qo’llanilmokda ularga markazdan qochma cho’kma


nasoslar va gidroporshenli nasoslarni misol qilib aytishimiz mumkin. 1968 yilda
markazdan qochma cho’kma nasos yordamida 4000 ga yaqin quvur ishlatilgan
bo’lib, ulardan jami 65 mln. tonna dan ortik neft kazib olingan. Bu nasos
qurilmasida nasos shtangalari bo’lmaydi, bu esa quduqni ishlatishda ta’mirlash
tizmasini uzaytiradi.
CHo’kma elektronasoslarni ilashdagi ta’mirlash orqali 200 sutkadan ortadi,
ayrim quduqlarda ta’mirsiz 2-3 yil ishlatiladi.
Markazdan qochma cho’qma elektronasoslar neft uyumlarida qatlam
bosimni ushlash uchun suv haydashdaham qo’llaniladi.

CHo’kma ko’p pogonali markazdan qochma elektronasoslar
maxsuldorlik koeffisienti yuqori va satxi past bo’lgan cho’qur quduqlardan
maxsulot olishda ishlatiladi. Bunday quduqlarni kompressor usulida ko’tarish
samarali hisoblanmaydi.

SHtangali cho’qurlik nasoslari bilan ishlashda shtangalar uzilib
ketishi kuzatiladi va natijada ta’mirlash ishlari o’tkazishga to’g’ri keladi.
Ko’yidagi quduqlarda markazdan qochma cho’kma nasoslardan
foydalanish tavsiya etilmayadi.
A). Nasos qismlarini tezda emirilishiga sabab bo’luvchi, qumli
suyuqlikni kazib olishda.

B). Quduq maxsuldorligini kamaytiruvchi erkin gaz miqdori ko’p
bo’lgan suyuqlikni kazishda. Birinchi pogonali nasosda erkin gaz miqdori
xaydalayotgan suyuqlik xajmiga nisbatan 2 % dan oshmasligi kerak. Erkin gazning
ko’p bo’lishi nasosning uzatish kobiliyatini, bosimni va F.I.K ni pasayishiga sabab
bo’ladi.
Markazdan qochma cho’kma nasoslar ishlatish quvurlari tizmasi
diametri 146 mm (ichki diametri 122 mm dan kichik bulgan) va 168 mm (ichki
diametri 114 mm dan kichik bulmagan) bo’lgan quduqlarga tushirish uchun
mo’ljallangan.

SHtangasiz nasos qurilmasining afzalligi nasos shtangalari
tizmasining ishlatilmasligi va dvigatelning quduq tubiga yaqinligidadir. Kon
miqyosida neft’ni qazib olish uchun markazdan qochma cho’qma
elektronasosdan foydalanish dastlab sobik sovet davrida qo’llanila
boshlangan.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə