Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayoni Jahonova mohichehra



Yüklə 21,95 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü21,95 Kb.
#153452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayoni Jahonova mohi-hozir.org (1)


Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayoni Jahonova mohichehra

Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayoni

Jahonova mohichehra

Reja:

Neftning kimyoviy tarkibi

Neft sarg’ish, qo’ng’ir, qoramtir rangli moysimon suyuqlik, zichligi 0,73 dan 0,95 g/sm3 gacha -20 da +20˚C gacha haroratda qotuvchi juda murakkab tarkibli turli uglevodorodlar va geteroatomli organik birikmalar aralashmasidan tashkil topganmoddadir. U yuqori kaloriyali yoqilg'i (40 000 dan 44 000 k / kg gacha). Neftning kimyoviy tarkibi asosan quyidagi elementlardan tashkil topgan:

C = 83-87% H = 12-14% S = 0,3-3% O = 0,1-1,0% N = 0,001-0,4%

Bundan tashqari, juda kam miqdorda metallorganik birikmalar shaklida vanadiy, nikel, temir, titan, kobalt, germaniy va boshqa elementlardan iborat bo’ladi. Neft tarkibida uch xil tipdagi suyuq va erigan holdaqattiq uglevodorodlar mavjud: alkanli uglevodorodlar (asosan, toʻgʻri zanjirli, c-1 dan c-30 gacha), neftda toʻyinmagan uglevodorodlar bo’lmaydi, turli uzunlikdagi yon zanjirlari boʻlgan siklopentan va siklogeksan va ularning hosilalari monosiklik naftenlar va di. -, tri va polisiklik polimetilen uglevodorodlar(shu jumladan yon zanjirlilar), aromatik uglevodorodlar, benzol va uning gomologlari, naftalin, antrasen va uning gomologlari, naftaeromatik gibrid uglevodorodlar va ularning hosilalari, neft, tarkibida u yoki bu sinf moddalarining ko’pligiga qarab olti tipga bo’linadi. Metanli (yoki alkanli), metanonaftenli, naftenli, metalonaftenoaromatik, naftanoaromatik va aromatik. Neftning yoshi aromatik uglevodorodlardan metanli uglevodorodlariga o'tishi bilan ortadi. Texnologik tasnifiga ko'ra, neft 0,5% gacha oltingugurt saqlovchi past oltingugurtli, 0,51 dan 2% gacha oltingugurt saqlovchi oltingugurtli, 2% dan ortiq oltingugurt saqlovchi yuqori oltingugurtli. 1,5% gacha alkan saqlovchi kam alkanli, 1,51 dan 6 % gacha alkan saqlovchi-alkanli, 6% dan ko'proq alkan saqlovchi ko’p alkanli neftga bo’linadi.


Yüklə 21,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə