Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix30.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#166470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
GIDROGENLASH JARAYONLARI. 
Termik va katalitik krekingda xom ashyodagi vodorod kreking mahsulotlari 
o`rtasida qayta taqsimlanadi. Xom ashyoni fraktsiya tarkibi qancha og’ir bo`lsa va 
ularda smolali asfal’tenlar qancha ko`p bo`lsa shuncha ko`p vodorodga boy 
bo`lmagan mahsulotlarni kreking-qoldiq va koks hosil bo`ladi. Og’ir fraktsiyali 
xom ashyonikreking qilganda minimal’ darajada koks hosil bo`lishi uchun va
yengil fraktsiyalarni ko`p olinishi uchun tashqaridan vodorod kirgizish kerak. 
Krekingni bu formisini destruktiv gidrogenlash deyiladi. Destruktiv bo`lmagan 
gidrogenlashga xom ashyoni vodorod bilan to`yintirish kiradi. 
Izo-C
8
H
16
+H
2
 

 Izo-C
8
H
18
 
Destruktiv va destruktiv bo`lmagan gidrogenlash jarayonlari o`rtasidagi 
gidrogenlash formasiga gidrotozalash jarayoni kiradi. Gidrotozalash jarayoni 
vazifasi neft mahsulotlaridagi oltingugurtli va azotli birikmalarni katalitik usulda 
vodorod ta`sirida yo`q qilish. Reaktsiya natijasida oltingugurtli birikmalar 
parchalanib H
2
S hosil bo`ladi va to`yinmagan uglevodorodlar to`yinadi. 
Gidrotozalash jarayoni odatda biroz parchalanish reaktsiyasi bilan boradi. 
Gidrotozalashdan so`ng olingan mahsulotlarda xom ashyoda bo`lmagan yengil 
fraktsiyalar va uglevodorodli gazlar mavjud bo`ladi. 
Destruktiv gidrogenlash jarayoni ko`p vodorod sarflashni talab qiladi (5-7% 
mass. xom ashyoga). Qurilmalarni texnologik jixozlash murakkab, chunki jarayon 
yuqori bosimda (300-700 ob) va yuqori temperaturada (420-500 
0
C) olib boriladi. 
Gidrogenlash jarayoni 2-3 bosqichda olib boriladi va bu qurilmalar katta 
kompleksni tashkil qiladi. Apparatlar yuqori bosimda ishlaydi, shuning uchun ular 
qimmatbahodir. 
Katalitik kreking va kokslash jarayonlarining rivojlanishi soddaligi va 
arzonligi natijasida destruktiv gidrogenlashdan voz kechildi. Yumshoq sharoitlarda 
olib boriladigan destruktiv gidrogenlash jarayon (50-200 atm) keyingi vaqtda keng 
joriy etila boshladi. Bu jarayonda vodorod 1-3% sarflanadi va xom ashyo chuqur 
o`zgarishlarga 
uchraydi. 
Bu 
gidrogenlash 
jarayonini 
gidrokreking 


deyiladi.gidrokreking jarayonini sanoatga tatbiq etilishiga quyidagilar sababchi 
bo`ldi: 
1.
Xom ashyo sifatida asosan vodorodga boyroq bo`lgan og’ir distillyatlar 
ishlatiladi. 
2.
Oltingugurt, azot va asfal’tenlarga boy bo`lgan qoldiq mahsulotlar 
ishlatilishdan oldin deasfal’tizatsiya qilinadi yoki gazoyl fraktsiyasi bilan 
aralashtiriladi. 
3.
Gidrokreking natijasida benzin fraktsiyasi emas balki kerosin – gazoyl 
fraktsiyasi, katalitik kreking uchun xom ashyo bo`lgan og’ir fraktsiya va yoqish 
uchun ishlatiladigan katyol yoqilg’isi olinadi. 
4.
Gidrokreking jarayoni uchun aktiv va selektiv katalizatorlar yaratilgan. 
5.
Ba`zi bir xollarda gidrokreking koks hosil bo`lish bilan boradi va jarayonni 
o`rtacha vodorod bosimida olib boriladi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə