Neftni fraksiyalash


-jadval: Atmosferali haydash qurilmasi moddiy balansi quyidagi jadvaldagi namuna ko’rinishida bo’lishi mumkin. 7-jadval



Yüklə 70,92 Kb.
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü70,92 Kb.
#158893
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi 50%

6-jadval:

Atmosferali haydash qurilmasi moddiy balansi quyidagi jadvaldagi namuna ko’rinishida bo’lishi mumkin.
7-jadval.

Mazutni vakuum sharotida haydash ikki variant bo’yicha o’tkazilishi mumkin:
I- variant yoqilgi olish, ya`ni katalitik kreking qurilmasi xom ashyosi bo’lgan yengil va og’ir gazoyllar olish;
II-variant moy distillyatlarini olishdir.
Moy distillyatlarini olish uchun mazut vakuumda ikki bosqichda haydaladi. Vakuum sharoitida mazutni ikki bosqichda haydash orqali I bosqichda – vakuum fraksiyalash kolonnasidan solyar distillyati, keng fraksion tarkibli (350 –575°C) moy distilyatlari va gudron chiqariladi, II-bosqichda 4748 olingan moy distillyatlaridan uch distillyat: parafinli (350 – 460°C), avtol (460 – 490°C) va silindr (>460°C) moylariga ajratiladi. Jarayon texnologik sxemasi quyidagi 14-rasmda keltirilgan. Xom ashyo mazut 3-pechga qizdirishga kiritilishga qadar ikki oqimda ishlayotgan issiqlik almashtirgichlar 29,28, va 22 dan birinchi oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqim o’tadi, so’ngra 1 va 2-issiqlik almashtirgichlarda qurilmadan chiqarilayotgan gudron issiqligi hisobiga qizdirilib, pechga yuboriladi. Mazut 3-pechda 435°C gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, keng fraksion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajralishi uchun 6-vakuum kolonna xizmat qiladi. Moyli fraksiya 7- yig’gichga to’planadi, gudron 5-nasos yordamida kolonnadan chiqariladi. Solyar 4-nasos yordamida yarim berk tarelkadan 29-issiqlik almashtirgich va 32- sovutgichda sovutiladi, so’ngra sovutilgan solyar distillyatni bir qismi 6-vakuum kolonnaga qaytariladi. Moy distillyati 7-yig’ichdan 8-nasos yordamida haydalib, 28-issiqlik almashtirgich, 23-qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon (kotelutilizator) va
21-suvni qizdirish qurilmasidan o’tib, 6-kolonna o’rta qismiga recirkulyat sifatida qaytariladi. Moy distillyatining balans miqdori 7-yig’gichdan 9-nasos yordamida 10-pechda (385°C) qizdirilib, 13-vakuum kolonnaga yuboriladi. Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk tarelkada yig’iluvchi parafin distillyati, 14-bug’latuvchi seksiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24- issiqlik almashtirgich, qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon (kotyolutilizator) 26 va 27 sovutgichdan o’tib chiqariladigan silindr distillyatlari hisoblanadi. Avtol distillyatining sirkulyatsiyalanuvchi qismi 16-nasos yordamida
quyilib, 11 va 12-qurilmalarda sovutilgan holda 13-kolonna o’rta qismiga uch oqimda beriladi. Balans miqdori rezervuarga yuboriladi. Parafin distillyati 13-kolonnadan chiqishda 25-issiqlik almashtirgich, 34- suv qizdirish va 35-sovutgichda ketma-ketlikda sovutilib, bir qismi kolonnaga to’yintirish yoki sovuq quyilishga qaytariladi, ortiqchasi rezervuarga yuboriladi.
Gudron markazdan qochma tipdagi 19-nasos yordamida qurilmadan chiqarilguncha o’z issiqigini 1 va 2-issiqlik almashtirgichlar orqali xom ashyo mazutga beradi. Qurilmadagi bug’latuvchi seksiyaga suv bug’i kiritiladi. Qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator)lar 0,6 MPa bosimidagi suv bug’i ishlab – chiqarishga mo’ljallangan, qaysiki ular keyin qaynoq gazlar bilan qayta qizdiriladi. Qurilmadagi kolonnalar ish rejimi quyidagi 8-jadvalda keltirilgan:

Yüklə 70,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə