Nemis va o`zbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi



Yüklə 360,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix03.02.2023
ölçüsü360,68 Kb.
#100062
1   2   3   4   5   6
Er hielt ihm in der Hand, er 
konnte ihn vernichten!
 (H. 
Mann). Bu gapni 
Uning taqdiri hozir uning qo‘lida, 
hoxlasa yo‘q qilib tashlashi 
mumkin, xoxlasa tirik qoldirishi mumkin, xoxlasa unga yordam qo`lini cho`zishi 
mumkin
deb tarjima qilinadi. Quyidagi so‘z birikmasiga 
Ein Faden ein Band um den 
Finger wickeln
ham alohida tarzda qaralganda, o‘zining asl ma’nosida, ya’ni 
ipni
yoki 
bantikni barmog‘iga o‘ramoq 
tarzida tarjima qilinadi. Lekin ushbu birikmalar jumlalar 
tarkibida o‘z ma’nosini yo‘qotib, ko‘chma ma’no kasb etadi. Va turg‘un ibora sifatida 
qo‘llanadi. 
Masalan, 
jemanden um den Finger wickeln
birikmasi ko‘chma ma’noda kelgan 
bo‘lib, 
kimnidir boshqarmoq,
ba’zan esa, 
aldamoq
ma’nosini anglatadi. „Erkin so‘z 
birikmasining rivojlanish jarayoni turg‘unlikda tadrijiy usulda amalga oshadi. Ba’zan 
uning turg‘un birikma yoki erkin so‘z birikmasi ekanligini aniq aytish qiyin. Turg‘un 
so‘z birikmalari tilda nutq jarayonida mustaqil ravishda so‘z tarkibining leksik 
elementi sifatida mavjud bo‘ladi va qo‘llanilishida alohida so‘zlar ma’nosiga yaqin 
turadi. Ular nutq jarayonida yaratilmaydi, balki tasvirlanadi“
5
. Masalan, Das 
Schwarze 
Meer, in Bewegung bringen, dicke Luft
va boshqalar. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi 
lug‘at boyligiga kiritilgan va tilning boyishiga xizmat qiladi. 
„Fan nuqtai nazaridan olib qaraganda, turg‘un so‘z birikmalari ya’ni, 
frazeologizmlar mustahkam, o‘zgarmas so‘z gruppalari hisoblanadi va nutqda alohida 
so‘zlarning ma’nosiga teng keladi. Turg‘un so‘z birikmalarining ikki xil shakli mavjud: 
qo‘shimcha ma’no anglatadigan va qo‘shimcha ma’no anglatmaydigan. Ularning 
komponentlari o‘zaro jamlanib, umumiy ma’no kasb etadi va o‘zgarmas tarzda qoladi.
6
Frazeologiya fan nuqtai nazari ikki ma’noli bo‘lib, uning birinchi ma’nosi barcha 
ko‘chma ma’nodagi turg‘un so‘z birikmalari (frazeologizmlar) ning umumlashmasi 
bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi esa, turg‘un so‘z birikmalari o‘rganiladigan tilshunoslikning 
bir bo‘limini anglatadi. Frazeologiyaning turli xil muammolari bilan ko‘plab tilshunos 
olimlar shug‘ullanib kelishmoqda. Nemis tilidagi ko‘plab ilmiy asarlar 
frazeologiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan. U erda frazeologizmlar 
ma’nolarining batafsil tushunchalari va ularning kelib chiqishi haqida ko‘plab muhim 
ma’lumotlarni topish mumkin. 
Lekin frazeologizmlarning nazariy izohlari mavjud emas. Ushbu asarlarda 
alohida tasvirlangan hususiyatlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiy ma’lumotlar olish 
uchun foydalanish mumkin.
 
Tilshunoslik fani taraqqiyotining hozirgi davrida frazeologik birliklarga xos 
5
https://www.google.com/search?q=nemis+va+o%60zbek+tillarida+frazeologizmlarning+xususiyatlari&oq=nemis+va+
o%60zbek+tillarida+frazeologizmlarning+xususiyatlari&aqs=chrome..69i57.17698j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8 
6
Drosdowski G. Werner: Redewendungen und sprichwörtliche redensarten. Idiomatisches Wörterbuch der deutschen 
Sprache. Duden Band 11. Mannheim: Dudenverlag, 1992. S. 47 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
333


bo’lgan muammolarni o’rganish hozirgi zamonda kun tartibidagi o’ta dolzarb 
masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Til tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, 
frazeologiyaga bog’liq muammolar doimiy tarzda tilshunoslar diqqat markazida bo’lib 
kelgan. Frazeologizmlarni o’rganish tarixi ikki asrni o’z ichiga oladi. O’zbek 
tilshunosligida frazeologizmlarni sistemali ravishda o’rganish Sh.Rahmatullayev, 
Ya.Pinxasov, A.Shomaqsudov, M.Xusainov ishlarida boshlangan. 
“Ta’kidlash lozimki, ilmiy adabiyotlarda ushbu til birligi frazeologizm, 
frazeologik birlik kabi terminlar bilan ataladi, leksema, morfema terminlariga monand 
ravishda frazema deb atalishi ma’qul. Frazema lisoniy birlik sifatida miyaning til 
xotirasi qismida mavjud ramzga teng: frazemadan foydalanishda ana shu ramzdan 
nusxa olinadi. Frazema lisoniy birlik sifatida qismga teng bo’ladi, ma’lum grammatik 
belgi-xususiyatlar qo’shilgandan keyingina butunga aylanadi va nutqda ishlatiladi, 
keyingi holatida frazema nutqiy birlikka teng bo’ladi va frazema shakl deyiladi”
7

Lisoniy birlik sifatida frazeologizm ikki jihatning - ifoda jihatining va mazmun 
jihatining bir butunligidan iborat. Frazeologizmlarning ifoda jihati deb ularning asli 
qanday til birliklardan tarkib topgani tushuniladi. Frazeologizm ikki va undan ortiq 
leksemaning o’zaro semantik- sintaktik bog’lanib, umumlashma ko’chma ma’no kashf 
etishi bilan yuzaga keladi. Frazeologizmlarda birikmaning, gap shaklining ma’lum bir 
qolipi doimiy tarkibiy qism sifatida leksemalar va morfemalar bilan to’ldirilgan 
bo’ladi. Masalan : “Augen machen”- frazeologizmi asli ko’zini paxtasi chiqmoq, 
hayratdan qotib qolmoq. “Augen” leksema shaklining “machen” leksemasiga 
tobelanishi bilan tuzilgan to’ldiruvchili birikmaga teng ushbu frazeologizmning 
ikkinchi a’zosi “machen” leksema bilan ifodalangan. Bu frazeologizmga bir butun 
holda bo’lishli-bo’lishsiz, mayl, zamon, shaxs-son ko’rsatkichi nutqda qo’shiladi. 
“Frazeologizmdan nutqda xuddi shundan birikma ham tuzib ishlatiladi. Nutqning 
o’zida tuziladigan bunday birikma erkin birikma deyiladi va bunday birikmaga zid 
holda frazema turg’un birikma deyiladi. 
Frazeologizmlarda hozirgi nemis tilidagi sintaktik bog’lanishlarning deyarli 
barcha turlari o’z aksini topgan 
Masalan: den grossen Mund haben- katta gapirmoq 
Den Mund halten-tilini tiymoq
Frazemalarning ko’p qismi birikmaga teng qurilishli. Erkin birikmalarda 
bo’lganidek sintaktik qurilishli birikmaga teng frazemalarda ham tobe a’zo leksema 
shakl bilan, hokim a’zo esa leksema bilan ifodalanadi, frazema bir butun holda turg’un 
birikmaga teng bo’ladi“
8

Demak bu misollardan ko’rinib turibdiki, birikmaga teng qurilishli ayrim 
7
Abdurahmonov S. Nemis tilida frazeologizmlarning ifoda jihati xususida ba`zi mulohazalar. Respublika ilmiy amaliy 
anjuman materiallari. Samarqand, 2015. 227-b. 
8
Umarxo`jayev M. Olmon tili leksikologiyasi va frazeologiyasi. Andijon, 2010. 68-b. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
334


frazemalar lisoniy birikmaga teng qurilishli ayrim frazemalar lisoniy birlik sifatida 
qismga teng bo’lib, biror sintaktik bo’lak vazifasida kela oladigan darajada grammatik 
shakllaganidan keyin butunga, birikma shaklga aylanadi. 
Birikmaga teng qurilishli ayrim frazemalar lisoniy birlik sifatidayoq birikma 
shakliga teng bo’ladi. Masalan: blaues Blut-oq suyak (kelib chiqishiga ko’ra oliy zot) 
frazemasi asli “sifatlovchi sifatlanmish” qolipida tuzilgan birikmalar teng, lekin bu 
frazema faqat birlik, bosh kelishik shaklidagina ishlatiladi, bunday grammatik tabiat 
ushbu frazemaga lisoniy birlik sifatida mansub. 
Ko’rinib turibdiki, birikmaga teng qurilishli ayrim frazemalarga bir butun holda 
tashqi grammatik shakllanish lisoniy birlik sifatida xosil bo’lib, shu jihati bilan bunday 
frazema erkin birikmadan farqlanadi. 
“Frazemalarning bir qismi sintatik qurilishi jihatdan gap shakliga teng bo’lib, 
tarkibida ega bo’lak mavjud bo’ladi. Masalan: die Luft ist rein- atrof suv quygandek 
jim jit. 
Bunday frazemaning gap shakliga teng ekanligi tarkibida ega vazifasidagi 
leksema shakl qatnashayotganligi va shu leksema shakldan anglashiladigan 
bajaruvchining shaxs-songa monand ravishda frazemaning oxirgi a’zosiga tuslovchi 
qo’shilayotganligi bilan belgilanadi. Tuslovchidan oldin bunday tuzilishii frazemaga 
bo’lishli-bo’lishsizlik, mayl, zamon shakli yasovchisi qo’shiladi va grammatik 
ko’rsatkichlar frazemaga obyektiv voqelikka ko’ra nutqning o’zida tanlab qo’shiladi“
9

Ko’rinadiki, gap shaklga teng frazemada tuslovchining mavqei bo’lishli-
bo’ishsizlik, mayl, zamon shakli yasovchilarining mavqeidan keskin farq qiladi. 
Frazemani tuslovchining o’zi asosida gapshaklga teng deyish to’g’ri bo’lmaydi, 
bo’lishli-bo’lishsizlik, mayl, zamon shakli yasovchilari qo’shilganidan keyingina 
gapshakl yuzaga keladi. Demak, sintaktik qurilishi gapshaklga teng frazema ham asli 
qism holatida bo’ladi, to’liq grammatik shakllanganidan keyingina butunga teng 
bo’ladi. 
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, frazemaning ifoda jihatiga uning tarkibidagi 
leksemalargina emas, balki frazemaning doimiy tarkibiy qismi sifatida qatnashadigan 
morfemalar ham mansub bo’ladi, chunki bunday morfemalar, o’rni bilan tuslovchi ham 
frazemaning ichki grammatik qurilishiga mansub bo’ladi. Frazemani nutqda ishlatish 
munosabati bilan qo’shiladigan morfemalargina uning ifoda jihatiga mansub 
bo’lmaydi. 

Yüklə 360,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə