Nemis va o`zbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi



Yüklə 360,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix03.02.2023
ölçüsü360,68 Kb.
#100062
1   2   3   4   5   6
A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov
asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror 
(turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi - frazeologiyada oʻrganish 
masalasi 
20-40-yillardagi 
oʻquv-metodik adabiyotlarda - Ye.D.Polivanov, 
S.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida koʻtarib chiqilgan. Gʻarbiy Yevropa va 
Amerika tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida boʻlimi sifatida 
ajratilmaydi
2

Oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50-
yillaridan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan 
(Sh.Rahmatullayev, B.Yoʻldoshev, A.Mamatov va boshqalar), frazeologiya boʻyicha 
bir necha lugʻatlar tuzilgan (Sh.Rahmatullayev, M.Sodiqova, Sh.Imyaminova), 
yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said 
Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. 70-80-yillarda SamDU qoshida 
frazeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va maxsus toʻplamlar chiqaruvchi 
markaz faoliyat kursatgan. 
Ushbu so‘z birikmalarini chuqur tahlil qilishdan avval, so‘z birikmasi 
tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tsak. “So‘zlar tilda odatda alohida tarzda emas, balki 
erkin sintaktik birikma tarzida mavjud bo‘ladi. Erkin sintaktik birikmalar ikki yoki 
undan ortiq so‘zlarning grammatik birlashuvidir. Bunday sintaktik so‘z birikmalari 
semantik nuqtai nazardan ham analiz qilinishi mumkin. Chunki bunday so‘z 
birikmasining har bir komponenti o‘zining asl ma’nosida va ko‘chma ma’noda bo‘lishi 
mumkin. Barcha so‘z birikmalarining umumiy ma’nosi ularning komponentlari 
ma’nolarining birlashuvidan yuzaga keladi“
3

Masalan, 
eine kluge Studentin, ein faule Studentin, ein gehorsame Studentin
yoki 
in die Schule gehen, in den Zoo gehen, ins Theater gehen
va boshqalar. Bunday so‘z 
birikmalari so‘zlashuv jarayonida yaratiladi. „Erkin so‘z birikmasi qo‘llanish 
jarayonida o‘z ma’nosini yo‘qotishi va ko‘chma ma’no hisobiga turg‘un birikmaga 
aylanishi mumkin. 
Masalan, 
Jemandem das Gesicht, die Hande, den Kopf, waschen
birikmalari
 
o‘zining asl ma’nosida erkin sintaktik so‘z birikmasi sifatida uchraydi va 
kimnidir 
yuzini, qo ‘llarini, boshini yuvmoq
deb tarjima qilinadi. Lekin 
Jemandem den 
Kopf
waschen
birikmasi esa, ko‘chma ma’noda ibora sifatida ishlatiladi va 
kimnidir 
koyimoq, tanbeh bermoq
tarzida tarjima qilinadi. Yana bir misol: 
Etwas (jemanden) in 
der Hand haben
yoki 
halten
birikmasi o‘zining asl ma’nosida erkin sintaktik so‘z 
birikmasidir“
4
. Masalan, 
ein Buch in der Hand halten.
Ushbu jumla 
qo ‘lida kitob 
2
https://www.google.com/search?sxsrf=ALeKk03O_Ll1ajqHNZEQGZr6JWkL176dWA%3A1583942311821&ei=pwp
pXrHZMeSwrgTkl4DwAQ&q=frazeologiyaning++tarixi&oq=frazeologiyaning++tarixi&gs_l=psy-
ab.3...17991.17991..18347...0.0..0.369.1038.0j1j1j2......0....1..gws-
wiz.......35i39.3cpMcwxdrrg&ved=0ahUKEwjxyNz25JLoAhVkmIsKHeQLAB4Q4dUDCAs&uact=5 (25.01.2020) 
3
Iskos A.,Lenkova A. Lesestoffe zur deutschen Lexikologie. Leningrad, Procvischinia, 1975. S-71. 
4
Имяминова Ш. С. Немис тили фразеологияси. - Т.: Мумтоз сўз, 2011. 17 –б. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
332


ushlab turmoq
deb tarjima qilinadi. Ko‘chma ma’noda esa u turg’un so‘z birikmasi 
hisoblanadi va 
kuchga ega bo‘lmoq
ma’nosini anglatadi. Ushbu turg‘un birikmani 
misol tarkibida ko‘rib chiqsak. 

Yüklə 360,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə