Neyropsixologiya fanining maqsad, vazifa asoslari


I.BOB. NEYROPSIXOLOGIYA FANINING MAQSADI VA NEYROPSIXOLOGIYA TARIXI



Yüklə 102,02 Kb.
səhifə3/17
tarix05.03.2022
ölçüsü102,02 Kb.
#84340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
NEYROPSIXOLOGIYA FANINING MAQSADI




I.BOB. NEYROPSIXOLOGIYA FANINING MAQSADI VA NEYROPSIXOLOGIYA TARIXI

1.1. Neyropsixologiya fani haqida tushuncha. Neyropsixologiyaning tarixi

Neyropsixologiya - psixologiya sohasi; psixik jarayonlarning bevosi-ta miya faoliyati bilan bogʻliq jihatlarini va bosh miyaning alohida sistemalari bilan aloqasini oʻrganadi. Dastlab nevrologiya boʻlimi sifatida rivojlangan.


Neyropsixologiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida oliy ruhiy funktsiyalar markazlarini aniqlashga urinishlardan boshlangan. 1836-yili Frantsiyaning kichik bir shahrida tibbiy jamiyat yig’ilishlaridan birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan o’zining kuzatuvlari to’g’risida ma’lumot berishga ruxsat so’raydi. Uning nutqida quyidagi jumlalar bor edi: «Men bosh miyaning chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini kuzatdim, lekin o’ng yarim shar zararlangan bemorlarning birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning chap yarim shari nutq uchun mas’ul, ya’ni u erda nutq markazlari joylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari ham javob beradi deb, faraz qilinardi. Lekin u o’z mulohazalarini anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan (bunga imkoniyat bo’lsa-da) va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og’zaki qilgan ma’lumotiga o’sha kuni olimlar e’tibor ham qilmadi va ushbu to’g’ri fikr tez orada unutildi.1861-yili yosh frantsuz olimi atropolog Pol Brok nutqi buzilgan va tananing o’ng tomoni falajlangan bitta bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi. Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim sharning pastki peshona pushtasining orqa qismida infarkt o’chog’i aniqlanadi (bu soha keyinchalik Brok markazi deb atalib boshlandi). Ushbu bemorning miyasi xanuzgacha Parijdagi tibbiyot muzeyida saqlanib keladi. Bemor atrofdagilarning gapiga tushunsa-da, o’zi gapira olmasdi, faqat “ta-ta-ta” degan tovush chiqarardi xolos. Nutq buzilishining bu turi keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O’sha davrdan boshlab bosh miyada turli markazlarni izlash katta qiziqish bilan boshlanib ketadi. Biroz vaqt o’tmay, nemis psixiatri K.Vernike 1874-yili  chap chakka bo’lagining ustki pushtasi zararlanganda ham nutq buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini aniqlaydi.
1876-yili Ferrier chakka bo’lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk itlarning bosh miyaning ensa qismi olib tashlanganda «narsalarni ko’rsada, tanimasligini», o’sha yili Eksner o’rta peshona pushtasining orqa qismi zararlanganda yozish buzilishini aniqlaydilar.Albatta, bu kashfiyotlar o’sha davrdagi olimlarni hayratga soladi, ya’ni ular bosh miyada turli markazlar, hatto ong, xotira, tafakkur markazlarini izlab boshlashadi. Shu davrdan boshlab fanda «lokalizatsionizm» degan yo’nalish yuzaga keladi. “Lokalizatsiya” iborasi frantsuzchada «joy» degan ma’noni anglatadi.1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga qarshi chiqib, bosh miya po’stlog’i zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, xolos deydi. Uning fikricha, simvollarni ishlatish qobiliyati buzilishi natijasida nutq faoliyati, narsalarni tanish va turli ongli harakatlarni bajarish buzilarkan. Lokalizatsionchilar  nuqtai nazarini 1864-1874 yillari o’zining kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqid qiladi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U «bosh miyada nutq buzilishiga sababchi bo’lgan zararlanishni joylashtirish» va «nutqning o’zini joylashtirish» ikki xil narsa, degan edi.D. Jekson afaziyada nutq funktsiyasining to’la yo’qolmasligiga e’tibor qaratadi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo’naltirilgan nutq buzilishi mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yurgizadi u. Masalan, biron-bir so’zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, lekin ixtiyoriy holda esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «nutqini yo’qotgan» odam «so’zlardan ham judo» bo’lgan degani emas, chunki so’zning anglanmagan qismi ham mavjuddir deydi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo’lgan bemorning fikrlash jarayoni biroz pasaysa-da, hali fikr yurgizishga qobiliyatli. D. Jekson maqsadga yo’naltirilgan nutq bosh miyaning chap yarim shari bilan, hissiy nutq esa o’ng yarim shar faoliyati bilan bog’liq, deb aytgan. D. Jekson birinchilardan bo’lib, MNS funktsiyalarining murakkab tuzilishi to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi. Uning fikriga ko’ra, har bir funktsiya 3 bosqichdan iborat: «quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o’rta» (bosh miya po’stlog’ining harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo’lagi). «Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo bo’ladi, balki ijobiy o’zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy» markazlar nazoratidan xalos bo’lib, o’z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga markaziy piramidal yo’llar zararlanganda spinal reflekslarning kuchayishini misol qilib ko’rsatadi. Agar afaziyada so’zlash, o’qish va yozish qobiliyatlarining buzilishi salbiy alomatlar bo’lsa, hissiy nutq saqlanib qolishi va birovning so’ziga tushunish ijobiy xislatlardir, degan edi D. Jekson. U 1868-yili afaziya nafaqat bosh miyaning chap yarim shari, balki o’ng yarim shari zararlanganda ham kuzatilishini e’lon qilgan. Bu bemorlar chapaqay bo’lgan. D. Jeksonning bu xulosalari bosh miyaning funktsional asimmetriyasini o’rganishga turtki bo’ldi. Keyinchalik bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida bir qancha markazlar kashf qilindi. Shuning uchun olimlar D.Jeksonni “miyaning funktsional asimmetriyasi” haqidagi ta’limotni birinchi bo’lib ilgari surgan deb hisoblashadi. Neyropsixologiya fani haqida tushuncha: Neyropsixologiya – bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida oliy ruhiy funktsiyalarni o’rganuvchi fan. Albatta bu fan oliy ruhiy funktsiyalarning ontogenezda shakllanish bosqichlarini miyaning morfofunktsional sistemalariga bog’lab o’rganadi. Neyropsixologiya nevrologiya, psixologiya va fiziologiya negizida shakllandi.

Dastlab neyropsixologiyada qo’llaniladigan asosiy atamalar va iboralar haqida to’xtalib o’tamiz.

  1. Funktsional sistema – turli xil ongli faoliyat uchun mas’ul bo’lgan afferent va efferent sistemalardan iborat morfofunktsional tuzilma. 

  2. Neyropsixologik simptom – bosh miyaning lokal zararlanishlarida paydo bo’ladigan oliy ruhiy funktsiyaning buzilishi.

  3. Birlamchi neyropsixologik simptom – aniq bir psixologik funktsiyaga javob beruvchi markazning bevosita zararlanishi sababli yuzaga kelgan simptom.

  4. Ikkilamchi neyropsixologik simptom – birlamchi neyropsixologik simptom paydo bo’lganligi sababli yuzaga kelgan boshqa oliy ruhiy funktsiyaning buzilishi.

  5. Neyropsixologik sindrom – kelib chiqish mexanizmi bir-biriga bog’liq bo’lgan bir nechta neyropsixologik simptomlar yig’indisi.

  6. Neyropsixologik faktor – neyropsixologik sindromni yuzaga keltiruvchi  etiologik omil.

  7. Sindrom analizi (faktor analizi) – morfofunktsional tuzilmalar zararlanishi sababli yuzaga kelgan neyropsixologik buzilishlarni aniqlash usuli.

  8. Neyropsixologik tashxis – bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida topik tashxisni aniqlash maqsadida o’tkaziladigan  neyropsixologik tekshiruvlar natijasida olingan xulosa.

  9. Oliy ruhiy funktsiyalar lokalizatsiyasi – bosh miyaning ma’lum bir sohasini aniq bir oliy ruhiy funktsiyaga mas’ulligini ko’rsatib beruvchi tushuncha.

  10.  Yarimsharlararo funktsional asimmetriya – bosh miyaning chap va o’ng yarim sharlarida funktsiyalarning asimmetrik tarzda joylashuvi.

  11.  Yarimsharlararo munosabatlar – ma’lum bir funktsiyalarni bajarishda ikkala yarim sharning o’zaro ishtirokini ko’rsatib beruvchi ibora.


Neyropsixologik terapiya

  • diqqat va xotira buzilishlari tashxisi va davosi

  • Alsxaymer kasalligi va boshqa dementsiyalar tashxisi va davosi

  • insultdan keyingi nutq buzilishlari tashxisi va davosi

  • bolalarda aqliy zaiflik tashxisi va davosi

  • uyqu buzilishlari va tashxisi va davosi

  • Начало формы

Neyropsixologiya – psixologiya sohasi; psixik jarayonlarning bevosita miya faoliyati bilan bog’lik jihatlarini va bosh miyaning alohida tizimlari bilan aloqasini o’rganadi. Dastlab nevrologiya bo’limi sifatida rivojlangan.


Yüklə 102,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə