Nigmatov X


Tillar, sathlar va virtual mashinalar



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

Tillar, sathlar va virtual mashinalar
. Muammoni ikki xil yo‘l bilan xal qilish 
mumkin. Har ikkala yo‘l ham insonga mashina tiliga nisbatan qulay bo‘lgan yangi 
buyruqlarni ishlab chiqishdan iborat. Bu yangi buyruqlar majmuasi tilni 
shakllantiradi. Buni T.1 til deb ataymiz. Mashina ichki buyruqlari majmuasi xam 
tilni shakllantiradi, bu tilni T.0 deb ataymiz. Kompyuter faqat T.0 mashina tilida 
yozilgan dasturlarnigina bajara oladi. Keltirilgan ikki usul bir - biridan kompyuter 
T.1 tildagi dasturni qanday bajarishi bilan farqlanadi.
Birinchi usul
. T.1 tildagi har bir buyruq T.0 tildagi shunga ekvivalent bir necha 
buyruqlarni bajarish bilan almashtiriladi. Bu xolatda kompyuter T.1 tildagi dasturni 


157 
emas, balki T.0 mashina tilidagi dasturni bajaradi. Bu texnologiya 
translatsiya
deb 
ataladi.
Ikkinchi usul
. T.0 mashina tilida shunday dastur tuziladiki, u T.1 tilida 
yozilgan dasturni boshlang‘ich dastur deb qabul qiladi va bu tildagi har bir buyruqni 
T.0 mashina tilidagi ekvivalent buyruqlar majmuasi yordamida bajaradi. Bu 
texnologiya T.0 tilida yangi dastur yaratilishini talab qilmaydi. Bu usul 
interpretatsiya
deb ataladi. Interpretatsiyani amalga oshiruvchi dastur interpretator 
deb ataladi.
Translyasiya va interpretatsiya bir - biriga o‘xshash. Har ikkala uslublarni 
qo‘llagan xolda ham kompyuter T.0 tildagi T.1 til buyruqlariga ekvivalent bo‘lgan 
buyruqlar majmuasini bajaradi. Farq shundaki translyasiya jarayonida T.1 tildagi 
dastur T.0 tildagi dasturga almashtiriladi. T.1 tildagi dastur esa unitiladi. T.0 tilidagi 
yangi dastur kompyuter xotirasiga joylashadi va bajariladi.
Inepretatsiyada esa T.1 dagi har bir buyruq T.0 ga qayta kodlashtiriladi va 
darxol bajariladi. Bu usulning translyasiyadan farqi T.0 da yangi dastur 
yaratilmaydi, balki buyruqlar ketma - ket qayta kodlashtiriladi va bajarilishi amalga 
oshadi. Har ikkala usul ham va ularning kombinatsiyasi ham qo‘llaniladi.
Odatda, translyasiya yoki interpretatsiyani o‘ylashdan ko‘ra, mashina tili T.1 
bo‘lgan gipotetik kompyuterning yoki virtual mashinaning mavjudligini faraz qilish 
qulayroqdir. Bunday virtual mashina M.1 deb, T.0 tilli virtual mashinani esa M.0 
deb ataymiz.
Agar M.1 virtual mashinani katta xarajatlarsiz konstruksiyalash mumkin 
bo‘lsa, u xolda M.0 virtual mashina va u ishlatadigan T.0 tilga extiyoj bo‘lmas edi. 
Dasturlash faqat T.1 til orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lar edi. Virtual mashina 
bir muncha qimmat bo‘lganda ham insonlar unga dastur yozgan bo‘lar edi. Bu dastur 
T.0 tilida yozilgan dastur yordamida interpretatsiya yoki translyasiya qilinishi 
mumkin. Boshqacha aytganda virtual mashina uchun, u haqiqatda mavjud deb dastur 
yozish mumkin.


158 
Interpretatsiya va translyasiya maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun T.0 va T.1 
tillar bir biridan keskin farqlanmasligi kerak. Bu degani T.1 til T.0 tilga nisbatan bir 
muncha yaxshiroq bo‘ladi, lekin undan ko‘p farqlanmaydi.
Bu bir tomondan dasturlashni inson uchun qulayroq shaklga keltirish, kkinchi 
tomondan dasturni M.0 bajarilishini ta’minlash muammosini xosil qiladi. Buning 
echimini ko‘p sathli tillar ierarxiyasini xosil qilish orqali xal qilish mumkin.
Dasturlashni insonga qulaylashtirish uchun endi T.2 tilni yaratish kerak. T.2 
tilda ishlaydigan virtual mashina endi M.2 bo‘ladi. T.2 til T.1 ga nisbatan insonga 
qulaylik jihatidan ancha yaqinroq bo‘ladi. Lekin mashina bari bir T.0 tilida ishlaydi. 
Bunda esa qo‘yidagi almashtirish jarayoni T.2 T.1 T.0 amalga oshishi zarur bo‘ladi.
Biri ikkinchisidan insonga qulayroq bo‘lgan tillarni yaratish jarayoni eng 
maqbul tilni xosil qilgunimizcha davom etishi mumkin. Har bir bunday til o‘zidan 
oldingi tilni asos sifatida ishlatadi. SHuning uchun kompyuterni bir necha virtual 
mashinalar sathlaridan iborat deb qarashimiz mumkin. Bu tasavvur 1 rasmda 
keltirilgan edi. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə