Nigmatov X


XIX. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARDA O‘RNATILGAN



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

XIX. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARDA O‘RNATILGAN 
PROTSESSORLAR VA ULARNING MUHIM JIHATLARI
 
Intel Core i7 protsessori. 
Intel Core i7 protsessori birinchi shaxsiy 
kompyuter hisoblangan IBM PC kompyuterida ishlatilgan Intel 8088 
protsessorining avlodidir. Intel Core i7 protsessori, tarkibida bor-yo‘g‘i 29 000-ta 
tranzistori bo‘lgan Intel 8088 protsessoridan anchagina farq qilishiga qaramasdan, 
unda Intel 8088 va undan keyin ishlab chiqarilgan Intel protsessorlari oilasiga 
mansub protsessorlar uchun yozilgan ikkilik dasturlarni bajarish mumkin. Avval 
ham ta’kidlab o‘tganimizdek ushbu protsessorlar arxitekturalari bir-biriga mos holda 
takomillashtirib kelingan, ya’ni ular o‘zaro bir-biriga mos tushadi, rus tilida bu 
«sovmestimostь» deb ataladi.
Intel Core i7 protsessorining dastlabki versiyasi 4-ta yadroli 
Nahalem
arxitekturasiga asoslangan edi [1, 16]. Ushbu protsessor tarkibida 731 000 000-ta 
tranzistor bo‘lib, uning «qatorining kengligi» 45 nanometrga va taktli generatorining 
chastotasi esa 3,2 GGs-ga teng edi. Odam sochining diametri 20 000-100 000 
nanometrnini tashkil qiladi. 
Intel Core i7 protsessorining 2011 yili ishlab chiqarilgan yangi versiyasi 
Sandy-Bridge
 
arxitekturasi asosida qurilgan. Uning tarkibida ishlatilgan 
tranzistorlarning soni 1 160 000 000-taga etdi, tezligi 3,5 GGs-ni va «qatorining 
kengligi» esa 32 nanometrni tashkil etdi.
Intel Core i7 64-razryadli kompyuter bo‘lib, unda 80386, 80486, Pentium, 
Pentium II, Pentium Pro, Pentium III, va Pentium 4 protsessorlari asosida qurilgan 
kompyuterlardagi kabi, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan standart arxitektura - ISA 
(Industry Standard Architecture) dan foydalanilgan. Ushbu protsessor undan avval 
ishlab chiqarilgan va nomlari yuqorida sanab o‘tilgan protsessorlar tarkibida mavjud 
bo‘lgan IEEE 754 standartiga asoslangan registrlar va buyruqlar to‘plamlariga 
egadir. Intel Core i7 buyruqlarining tarkibiga birinchi navbatda 
kriptografik 
amallarni
 
bajarish uchun mo‘ljallangan yangi buyruqlar qo‘shilgan. 


122 
Intel Core i7 protsessori tarkibida 2-tadan 6-tagacha yadro bo‘lgan holda 
ishlab chiqarilishi mumkin. Unda ham Pentium 4 protsessoriga o‘xshab bir nechta 
apparat oqimlarni bir vaqtda faollashtirib ishlash mumkin bo‘lgan – 
giperoqimli 
texnologiyadan
foydalanilgan. Core i7 protsessorlarida ham uch sathi kesh 
xotiradan foydalaniladi. Ularda ma’lumotlar va buyruqlar uchun mo‘ljallangan 
alohida-alohida qilib ishlangan, har biri 32 Kbayt hajmga ega birinchi sath (L1) kesh 
xotiralari mavjud. Har bir yadro o‘zining 256 Kbaytli ikkinchi sath (L2) kesh 
xotirasiga ega. Hajmi 4 Mbaytdan 15 Mbaytgacha bo‘lishi mumkin uchinchi sath 
(L3) kesh xotirasidan barcha yadrolar birgalikda foydalanadilar.
Intel Core i7 protsessori tomoning uzunligi 37,5 mm bo‘lgan kvadrat 
shaklidagi LGA korpusiga joylashtirilgan (3.18-rasm).
3.18-rasm. Intel Core i7 protsessorining mikrosxemasi. 
Mikrosxema uning past qismida joylashgan 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə