Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

 
chiqishlar soni 
1368
-taga 
teng bo‘lgan
LGA 
(Land Grid Array)
korpusiga joylashtirilgan (3.20-rasm). 
Mikrosxemaning chiqishlari uning pastki qismida joylashgan 37*37 (jami 1369) 
o‘lchamli kvadrat matritsa shakliga ega. Mikrosxemani o‘rnatish paytida 
adashmaslik uchun, uning chap tomonida pastda joylashgan bitta oyoqchasi olib 
tashlangan xolatda ishlab chiqarilgan.
3.20-rasm. UltraSPARC III protsessorining mikrosxemasi. 
1,5 GGs chastotada ishlovchi Pentium 4 va 1,2 GGs chastotada ishlovchi 
UltraSPARC III protsessorlarini taktli chastotalari bo‘yicha solishtirish to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. UltraSPARC III protsessori har bir sikl davomida – to‘rtadan buyruqni 
bajarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu esa uning tezligi bitta siklda bitta buyruqni 
bajara oladigan 4,8 GGs taktli chastotaga ega protsessor tezligiga teng deganidir. 
Bundan tashqari UltraSPARC III turli xil buyruqlarni bajaruvchi 
oltita konveyerga
ega. Ushbu konveyerlarning ikkitasi 14 sathli konveyerlar bo‘lib, ular yordamida 


125 
butun sonlar ustida amallar bajarilishi mumkin. Keyingi ikkita konveyer yordamida 
esa suriluvchi nuqtali sonlar ustida amallar bajariladi. Beshinchi koveyer 
yuklash/saqlash amallarini va oltinchi konveyer esa kelayotgan buyruqlarni qanday 
buyruqlar ekanligini aniqlab berish amallari bajarish uchun ishlatiladi. UltraSPARC 
III protsessorida unumdorlikni oshirish imkonini beruvchi o‘ziga xos - 
keshlash 
texnologiyasi
ham amalga oshirilgan. Bu erda shuni ta’kidlab o‘tish kerak bo‘ladi - 
Pentium 4 protsessori ham o‘zining ustun tamonlariga egadir. Turli xil maqsadlar 
uchun mo‘ljallangan turli xil protsessorlarni, taktli chastotalari asosida solishtirish – 
ularda bajariladigan ma’lum bir masalalarni echish qanday yo‘lga qo‘yilganligi 
haqida aniq natijalarni bermaydi.
UltraSPARC III protsessori ikkita blokka joylashtirilgan birinchi sath kesh 
xotirasiga ega. Bu kesh xotira buyruqlar uchun mo‘ljallangan 32 Kbaytli va 
ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan 64 Kbaytli bloklardan tashkil topgan. Ushbu 
protsessorda, har biri 2 Kbayt hajmga ega bo‘lgan – avvaldan tanlash va yozib 
qo‘yish kesh xotiralari ham bor.
Yozib qo‘yish kesh xotirasi birinchi sath kesh xotirasidagi ma’lumotlarni, 
katta-katta xajmdagi bloklar ko‘rinishida ikkinchi sath kesh xotirasiga uzatib beradi. 
Bu - protsessor va kesh xotiralar o‘rtasidagi o‘tkazish qobiliyatini optimallashtirish 
uchun amalga oshirilgan. 
UltraSPARC III protsessori ikkinchi sath kesh xotirasining hajmi, Pentium 
4 protsessori kesh xotirasiga nisbatan ancha katta, va unda bu kesh xotiraning 
hajmini o‘zgartirish imkoniyati ham bor. Ushbu protsessorning ikkinchi sath kesh 
xotirasi 1 Mbaytdan 8 Mbaytgacha o‘zgartirilishi mumkin. Pentium 4 protsessorida 
ikkinchi sath kesh xotirasining hajmi o‘zgarmas bo‘lib, u 512 Kbaytga tengdir.

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə