Nigmatov X


Atmel ATmega168 mikrokontrolleri



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

Atmel ATmega168 mikrokontrolleri. 
Atmel ATmega168 – hozirgi paytda 
ko‘plab ishlab chiqarilayotgan turli xildagi elektron qurilmalarni boshqarishda 
qo‘llanilayotgan mikrokontrollerdir. Bunday qurilmalarga misol qilib – televizorlar, 
uyali telefonlar, mikroto‘lqinli pechlar, kir yuvish mashinalari, videokameralar, 
lazerli printerlar, elekron kotiblar, qo‘riqlash tizimlari qurilmalari, elektron o‘yinlar 
uchun ishlab chiqilgan qurilmalar kabi qurilmalarni keltirish mumkin [1,16,21]. 


127 
3.21-rasm. OMAP4430 protsessorining mikrosxemasi. 
ATmega168 mikrokontrollerining ichki arxitekturasi va mantiqiy tuzilishi 
3.22-rasmda keltirilgan. Uning tarkibida 16 Kbaytli ichki flesh xotira, 1 Kbaytli 
ichki statik xotira va 1 Kbaytli EEPROM doimiy xotira qurilmalari mavjud. 
Flesh xotira - dasturning buyruqlarini, statik xotira - vaqtincha kerak 
bo‘ladigan o‘zgaruvchi ma’lumotlarni va doimiy xotira EEPROM esa - tizim 
konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi. 
ATmega168 protsessori 8-razryadli ma’lumotlar bilan ishlaydi, uning ichki 
registrlarining uzunligi 8-bitni tashkil qiladi. Protsessor har biri 16-bit uzunlikka ega 
bo‘lgan 
131
-ta AVR buyruqlar to‘plamidan foydalanadi. Protsessor tarkibida – real 
vaqt soati, ma’lumotlarni ketma-ket kiritish va chiqarish uchun mo‘ljallangan turli 
xil interfeyslar ham mavjud. 
ATmega168 mikrokontrollerining keng qo‘llanilishiga birinchi sabab – uning 
narxi juda ham arzon ekanligidir. ATmega168 ko‘pgina qurilmalar oson va arzon 
ulashnishi mumkin bo‘lgan – mikrosxemadir. Uning fizik tuzilishi 3.23-rasmda 
keltirilgan. Ushbu mikrokontroller 28-ta chiqish oyoqchalariga ega standart 
korpusga joylashtirilgan.


128 
 
3.22-rasm. Atmel ATmega168 mikrokontrollerining ichki arxitekturasi va 
mantiqiy tuzilishi. 
Avval ko‘rib o‘tilgan mikrosxemalardan farqi ravishda, ATmega168 
mikrosxemasida adreslar va ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan oyoqchalar 
mavjud emas. Negaki bu mikrosxema asosiy xotiraga ulanishi shart emas. Uning 
barcha xotirasi – statik va flesh xotiralar protsessorning ichiga joylashtirilgan.


129 
ATmega168 mikrosxemasida adreslar va ma’lumotlarni uzatuvchi oyoqchalar 
o‘rniga, ma’lumotlarni raqamli va analog ko‘rinishda kiritish-chiqarish uchun 
mo‘ljallangan 27-ta portlar mavjud:

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə