Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

(vector 
processor)
kompyuterga misol qilib - Cray Research firmasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan Cray-1 (1974 yil) superkompyuterini keltirish mumkin.
Matritsali va vektor protsessorlarni qurishda ishlatilgan tamoillardan 
zamonaviy kompyuterlar protsessorlarini ishlab chiqishda ham foydalanilmoqda. 
Ular asosida Pentium oilasi mansub protsessorlarning buyruqlari to‘plamlariga 
kiritilgan MMX va SSE-buyruqlari ishlab chiqilgan. MMX (
Multi Media eXtension

- tovush va video ma’lumotlarni ishlash tezligini oshiruvchi buyruqlar to‘plami. SSE 
(
Streaming SIMD Extensions
) – multimedia ma’lumotlarni oqimlar tarzida ishlovchi 
qo‘shimcha buyruqlar to‘plami. Bu buyruqlar to‘plamlari yordamida multimediali 
dasturlarning tezkor bajarilishi amalga oshirilmloqda. 
Multiprotsessorli kompyuterlar. 
Matritsali va vektorli protsessorlar yagona 
boshqarish bloki tomonidan boshqariladigan, har biri alohida-alohida xotiraga ega 
bo‘lgan protsessorlardan iboratdir. Umumiy xotiraga ega bo‘lgan parallel ishlovchi 
protsessorlar to‘plami – 
multiprotsessor
deb ataladi. Yuqorida keltirilgan
hisoblashlarni bajaruvchi ko‘p protsessorlardan foydalanish sxemasi asosida 
qurilgan kompyuterlar esa – 
multiprotsessorli kompyuterlar
deb ataladi. Umumiy 
xotiraga ega bo‘lgan multiprotsessorli kompyuterlarning ikki xil varianti mavjud 
(3.25-rasm). Ushbu hildagi kompyuterlarda umumiy xotiradan foydalanish hisobiga 
ham unumdorlikni oshirishga erishish mumkin ekan.


133 
3.25-rasm. Bitta shinaga va umumiy xotiraga ega bo‘lgan multiprotsessor (a); xar 
bir protsessorida ham lokal xotira bo‘lgan multiprotsessor (b). 
Matritsali 
va 
vektorli 
protsessorlarga 
ega 
kompyuterlarni 
ham, 
multiprotsessorli kompyuterlarni ham o‘ziga xos 
tizim
deb qarash mumkin. Yuqori 
unumdorlikka erishish uchun, ko‘p sonli kompyuterlarni o‘zaro bog‘lab – ko‘p 
kompyuterli yoki 
multikompyuterli tizimlar
ham ishlab chiqilgan.

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə