Nigora Erkaboyeva



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/202
tarix07.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#82677
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202
1pedagogik mahorat

4.
 
Ilmiy  anjumanlarda  faol  ishtirok  etish
  (nazariy  va  amaliy  konferentsiya, 
seminar, pedagogik o‘qish va treninglar). 
5.
 
Yetakchi  ta’lim  muassasalarida  ularning  ish  tajribalarini  o‘rganish 
(stajirovka)

O‘qituvchi  tomonidan  respublika  va  xorijiy  mamlakatlarning  pedagoglarining 
kasbiy  faoliyat  samaradorligini  oshirish,  ta’lim-tarbiya  jarayonini  takomillashtirish, 
yosh 
avlodni 
o‘qitish 
hamda 
tarbiyalash 
borasida 
erishilgan 
yutuq, 
muvaffaqiyatlarning  o‘rganilishi  yagona  nom  bilan  “ilg‘or  pedagogik  tajribalarni 
o‘rganish” deb aytiladi.
 
 
Har  bir  o‘qituvchi  ilg‘or  pedagogik  tajribalarni  o‘rganishda  muayyan 
vositalardan  foydalanmoqda.  Masalan,  axborot  texnologiyalari  xizmatidan.    Ilg‘or 
pedagogik  tajribalarni  o‘rganishda  axborot  texnologiyalari  xizmatidan  foydalanish 
o‘qituvchi tomonidan pedagogik jarayonlar samaradorligiga erishishda qo‘l keladigan 
ma’lumotlarning  axborot  texnologiyalari  (jumladan,  kompyuter  texnologiyasi)dan 
olish,  o‘rganish,  saqlash  va  qayta  ishlashini  ta’minlash  maqsadida  tashkil  etilgan 
amaliy  harakat  sanaladi.  Zamonaviy  sharoitda  o‘qituvchilarning  ilg‘or  pedagogik 
tajribalardan  samarali  foydalana  olishlari  talab  etilmoqda.  Bunda  o‘qituvchining 
kasbiy  faoliyati  mazmunini  yangicha    ilmiy  qarashlar,  ilg‘or  pedagogik  tajribalar, 
yangiliklar,  innovatsion  g‘oyalar  bilan  boyitib  borish  asosida  pedagogik  jarayonni 
takomillashtira olishi muhim ahamiyatga ega.  
Shunday  qilib,  o‘qituvchi  mehnatini  to‘g‘ri,  ilmiy  asosda  tashkil  etish  ta’lim-
tarbiya  samaradorligini  ta’minlash  garovi  bo‘libgina  qolmay,  ayni  vaqtda 
o‘qituvchining  tartibli,  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishi  uchun  zamin  yaratadi. 
Qolaversa, mehnatni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z 
ustida ishlash va pedagogik tajriba to‘plab borish o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatda 
yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota- 


onalar bilan munosabatda ijobiy natijadarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə