Nigora Erkaboyeva



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/202
tarix07.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#82677
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202
1pedagogik mahorat

 
 


 
XOTIMA 
 
Kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  shaxs  tarbiyasi  masalalari  kun  tartibiga 
qo‘yilgan  ilk  davrlardanoq  bolalarning  ta’limi  va  tarbiyasi  uchun  mas’ul  shaxslar 
toifasining  shakllanishi,  ularning  shaxs  va  mutaxassis  sifatida  muayyan  ijtimoiy 
talablarga javob bera olishlari, kasbiy  mahoratga ega bo‘lishlariga nisbatan ijtimoiy 
talablar qo‘yila boshlagan. 
Pedagogika  oliy  o‘quv  yurtlarida  tahsil  olayotgan  bo‘lajak  o‘qituvchilarni 
mazkur  ijtimoiy  talablar  bilan  yaqindan  tanishtirish,  ularda  pedagogik  malaka  va 
kasbiy  mahoratni  shakllantirish  muhim  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Tegishli 
yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlarida “Pedagogik mahorat” fanining 
o‘qitilishi  bo‘lajak  o‘qituvchilarni  ta’lim  va  tarbiya  jarayonlarni  metodik  jihatdan 
puxta, tashkiliy jihatdan samarali tashkil eta olishlarida muhim poydevor hisoblanadi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik texnikaga ega bo‘lishlari pedagogik jarayonda 
yuzaga 
keladigan 
shaxslararo 
munosabatlarni 
samarali, 
salbiy 
nizolarsiz 
uyushtirilishini  ta’minlash  bilan  birga  hech  bir  qiyinchiliksiz  ta’lim  va  tarbiyaviy 
ishlar jarayonini tashkil etilishiga ham yordam beradi.  
Oliy o‘quv yurtidagi tahsil davrida talabalarni Sharq va G‘arb mutafakkirlarining 
pedagog  shaxsi  va  faoliyatiga  qo‘yiladigan  talablarga  oid  qarashlari  bilan  yaqindan 
tanishtirish  ularga  kelgusida  o‘zlarini  mutaxassis  sifatida  tasavvur  etishlari  uchun 
imkoniyat yaratadi.  
Pedagogika  oliy  ta’lim  muassasalarida  “Pedagogik  mahorat”  fanini  o‘qitish 
uchun  yordamchi  manba  sifatida  yaratilgan  ushbu  manbadan  tegishli  yo‘nalishda 
tahsil olayotgan talabalar  pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni, 
maktab  amaliyotida  o‘qituvchi  mahorati  masalalari,  pedagogik  muloqotni  to‘g‘ri 
tashkil  etish,  pedagogik  odob,  pedagogik  faoliyatni  ilmiy  asosda  tashkil  etishga  oid 
nazariy bilimlarini mustahkamlash va boyitish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ma’lumki, talabalar tomonidan pedagogik mahorat asoslariga doir ko‘nikma va 
malakalarni o‘zlashtirilishida laboratoriya mashg‘ulotlari alohida o‘rin tutadi. Shunga 
ko‘ra  “Pedagogik  mahorat”  o‘quv  qo‘llanmasida  berilgan  laboratoriya  ishlanmalari 
bilan  tanishish  asosida  talabalar  tomonidan  pedagogik  qobiliyat,  o‘quv-tarbiya 
jarayonida  ruhiy  holatni  boshqarish  malakasi,  kommunikativ  qobiliyat,  pedagogik 
texnika va nutq texnikasi malakasini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə