Nigora Erkaboyeva



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/202
tarix07.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#82677
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202
1pedagogik mahorat

 
 
 
 


SO‘ZBOSHI 
 
Kishilik jamiyati taraqqiyotining o‘ziga xos bosqichi bo‘lgan bozor iqtisodiyoti 
har bir mutaxassisdan puxta bilim, yuksak kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishni talab 
etmoqda.  Zero,  kuchli  raqobatga  asoslangan  ijtimoiy  tuzilmaning  bu  shaklida 
mutaxassislarning  kasbiy  salohiyati  va  mahorati  ular  tomonidan  tashkil  etiladigan 
faoliyat samaradorligini ta’minlovchi muhim omil sanaladi. Shu sababli mustaqillik 
yillarida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashga doir 
milliy  siyosat  asosini  har  tomonlama  shakllangan,  o‘zining  puxta  kasbiy  bilim, 
malaka va mahoratga egaligini to‘la namoyon eta oladigan shaxslarni kamol toptirish 
g‘oyasi tashkil etadi.  
Malakali  kadrlarni  tayyorlashdan  iborat  yagona,  yaxlit  tizimda  shubhasiz    oliy 
ta’lim muassasalari alohida o‘rin tutadi. Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimining aynan 
bu  bosqichida  bo‘lajak  mutaxassislar  ixtisoslik  fanlari  asoslarini  ham  nazariy,  ham 
amaliy  jihatdan  puxta  o‘zlashtirish  imkoniyatiga  egadirlar.  Shunga  ko‘ra  bo‘lajak 
o‘qituvchilarni  samarali  tayyorlashda  bu  yo‘nalishda  faoliyat  olib  borayotgan  oliy 
ta’lim  muassasalari,  shuningdek,  ixtisoslik  fanlari  o‘ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi. 
Ixtisoslik  fanlari  orasida  “Pedagogik  mahorat”  fanining  mavjudligi  esa  bo‘lajak 
o‘qituvchilarni 
amaliy-texnik 
jihatdan 
kasbiy 
faoliyatga 
tayyorlashning 
muvaffaqiyatli 
bo‘lishini 
ta’minlaydi. 
Bunda 
yagona 
shart 
– 
o‘quv 
mashg‘ulotlarining  nazariy,  texnik  va  texnologik  nuqtai  nazardan  to‘g‘ri  tashkil 
etilishi  hisoblanadi.  “Pedagogik  mahorat:  seminar  va  laboratoriya  mashg‘ulotlari 
uchun  ishlanmalar”  nomli  o‘quv  qo‘llanmada  ana  shu  shartning  inobatga  olinishi 
ko‘zda tutiladi.  
O‘quv  qo‘llanmada  “Pedagogik  mahorat”  fani  bo‘yicha  tashkil  etiladigan 
ma’ruza  mashg‘ulotlarining  ishlanmalari  berilgan  bo‘lib,  ular  talabalar  muayyan 
mavzularda  fan  asoslarini  puxta  o‘zlashtirishlariga  yordam  beradi.  Ishlanmalarda 
talabalarning  fan  bo‘yicha  o‘zlashtirgan  nazariy  bilimlarini  boyitishga  xizmat 
qiladigan  ma’lumotlar  o‘rin  olgan  bo‘lsa,  laboratoriya  mashg‘ulotlarining 
ishlanmalari  ularni  amaliy,  texnik  jihatdan  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashni  ko‘zda 
tutadigan mashqlardan tarkib topgan. 
Muallif  tomonidan  o‘quv  qo‘llanmada  ma’ruza  mashg‘ulotlarining  samarali 
tashkil  etilishiga  erishish  maqsadida  har  bir  mavzu  yuzasidan  imkon  qadar  tayanch 
tushuncha  va  iboralarni  qamrab  olishga,  talabalarda  pedagogik  faoliyatni 
muvaffaqiyatli  tashkil  etilishiga  xizmat  qiladigan  ko‘nikma-malakalarning 
shakllantirilishini  ta’minlovchi  holatlarni  inobatga  olishga  e’tiborni  qaratilgan. 
Mazkur  o‘quv  qo‘llanma  bo‘lajak  o‘qituvchilar  sifatida  talabalar  tomonidan 
“Pedagogik mahorat” fani asoslarining puxta o‘zlashtirilishida muhim amaliy manba 
bo‘la oladi.  
 
 
 
 
 
 



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə