Ning 5-6-7-8-9-sinflar uchun uchun tasviriy san’at va chizmachilik fanidan



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə6/8
tarix21.10.2023
ölçüsü4,91 Mb.
#130292
1   2   3   4   5   6   7   8
TAS SAN\'AT VA CHIZMACHILIK BO\'SH O\'ZLASHTIRUVCHI

II. Mashg’ulotning turi: nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma qurollar va asbob uskunalar va qo’shimcha adabiyotlar komputer.
Mashg’ulotning borish
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)davomatni aniqlash,
d) mashg’ulotga tayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi
2.O’tkan mavzuni so’rash va mustahkamlash:O’tilgan mavzuni mustahlamlash va savol-javob orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash va ko’rsatmalar berish
3.Yangi mavzu bayoni: Tasviriy san’at turlarining asosi qalamtasvir hisoblanadi. «Qalamtasvir» tushunchasi chiziqlar yordamida badiiy obraz-ni yaratish hisoblanadi. Chiziladigan narsa(buyum)ning shak-li, o‘lchami, tuzilishi va xarakteri chiziqli tasvir orqali namoyon bo‘ladi. Qalamtasvirda buyum shaklining konstruktiv tuzilishi-ni belgilaydigan nuqtalarni tayanch nuqta deyiladi.
Tayanch nuqtalar, qoralama chizg‘ilar chiziqli tasvirlash-ning boshlang‘ich asosi bo‘lib hisoblanadi.
Har bir davrda chiziqli tasvirlashning mohir ustalari bo‘lgan.
Masalan, Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Renato Guttuzo, Pablo Pikasso va boshqalar shular jumlasidandir.
Bugun siz qalamtasvirda turli chiziq(shtrix)lar yordamida geometrik jismlardan kub, silindr va konusdan tuzilgan na-tyurm ortni ishlaysiz. Geometrik jismlardan tuzilgan natyur-mortning bosqichli qalamtasvirini tasvirlashda kuzatish, bor-liqni o‘rganish, hajmli buyumlarni qog‘oz yuzasida tasvirlash jarayonida fazoviy holat haqidagi tushunchalar va tasavvurlar shakllantiriladi. Tasvirlash jarayoni 4 bosqichda amalga oshi-riladi. Birinchi darsda «Geometrik jismlar chizish» mavzusi-dagi natyurmortni diqqat bilan kuzatishdan boshlab tahlil qili-nadi. Naturaning tuzilishiga qarab qog‘oz varag‘i tik yoki yotiq holatda bo‘lishi aniqlab olinadi. Naturadagi geometrik jism-larning umumiy balandligi va eni qog‘ozga yordamchi chiziq-lar bilan joylashishi belgilab olinadi. Natyurmortning umumiy shakli va har bir geometrik jismning nisbati, o‘lchami hisobga olinib, qog‘ozda uning konstruktiv qurilishi hamda perspektiv qisqarish qoidalariga rioya qilgan holda tasvirlanadi.

Rasm chizish bosqichlari (-rasmda) berilgan namuna mi-solida ko‘rish mumkin.
Ikkinchi darsda geometrik jismlarni tusli tasvirlash jarayo-nida, avvalo, uning yoritilganlik darajasiga e’tibor qaratiladi.
Kub, silindr va konusning eng ko‘p yorug‘ joyi, yarimsoyasi, shaxsiy soyasi, refleksi va tushuvchi soyasi ajratib belgila-nadi. Narsaning asosiy qismi va mayda bo‘laklarining o‘zaro joylashuvi aniqlanadi va natura bilan chizilgan rasm taqqos-lab ko‘riladi. Narsalarning yorug‘-soyasining katta qismlari



Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə