Nizomiy nomidagi tdpu


Tarbiya turlarining umumiy tavsifi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə6/7
tarix15.05.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#87119
1   2   3   4   5   6   7
Маъруза матни

4.Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tarbiya turlari turli sohalarga ko’ra tasnif etiladi. Ko’proq umumlashgan tasnif o’zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo’yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.

Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko’ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog’liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.

Demak, 1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo’lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan.

2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.






Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə