Nizomiy nomidagi tdpu


Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/5
tarix26.04.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#107080
1   2   3   4   5
Маъруза матни

3.Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari.
Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar.
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:

  • ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi;

  • tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi;

  • faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;

  • tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri, o’zaro munosabatlari amda faol faoliyati o’rtasidagi bog’lanish;

  • tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning intensivligi;

  • tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;

  • tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.

Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo’yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:

  • maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi;

  • tarbiyaning insonparvarlashuvi;

  • tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi;

  • tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;

  • jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish;

  • shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish;

  • o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;

  • tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;

  • tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə