Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiyot fanlar fakulteti



Yüklə 250,95 Kb.
səhifə4/7
tarix25.05.2022
ölçüsü250,95 Kb.
#87921
1   2   3   4   5   6   7
alifatik bir asosli karbon kislotalarning gomologik qatori

Kimyoviy xossalari.
Karbon kislotalarning kimyoviy xossasi karboksil gruppa atomlari elektron zichligining siljishiga bog’liq bo’lib, uni quyidagicha tushuntirish mumkin.
K arboksil gruppada elektron zichligi elektrofil atomga, ya’ni karbonil kislorodga tomon siljigan bo’ladi. Natijada vodorod atomining proton ko’rinishida ajralib chiqishi osonlashadi, ya’ni kislotali dissotsiatsiya jarayoni sodir buladi:
Rentgen struktur analiz karboksilat — ionidagi ikkala kislorod uglevodoroddan bir xil masofada joylashganligini aniqladi. Shunga ko’ra elektron zichligini bir xilda taksimlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
yoki


1. Kislotalilik xossalari:
Karbon kislotalarning kuchi karboksil gruppasi bilan bog’langan atom yoki atomlar gruppasiga bogliqdir. Alkil radikallar elektrodonor xususiyatga ega bulganligi uchun karboksildagi uglerod atomining musbat zaryadini qisman kamaytiradi, natijada
gidroksil gruppadan elektron zichligini surilishini kamaytiradi, bu o’z navbatida kislota kuchini kamaytiradi.
COOH gruppasidagi OH ning vodorodining kislotalilik xossasi kuchaygan bo’ladi. Shuning uchun COOH gruppasi moddaga kislotali xossasini bag’ishlab turadi. Buning ikki xil sababi bor:
a) Elektron zichligi COOH ning kislorodi tarafga siljigan;
b) O-H bog’ining zaifligi:
Alifatik spirtlarda C=O ga uxshash elektrofil o’rindosh bo’lmagani sababli, OH gruppa metallga almashgani bilan, spirtlar suvdan ham kuchsiz kislotalardir.
COOH gruppaning kislotaliligiga molekuladagi radikallar ham ta’sir etadi:
2-jadval

K·104

K·104

Chumoli kislotasi ………. 2,140

n-moy kislotasi ………… 0,152

Sirka kislotasi …………... 0,176

Valiriyan kislotasi ……… 0,150

Propan kislotasi ………… 0,134

Kapron kislotasi ……….. 0,138

Shunday qilib, barcha yog’ kislotalari, chumoli kislotasidan tashqari, juda kuchsiz kislotalardir. Ularning ishqoriy metallar bilan xosil qilgan tuzlari suvli eritmalarda kuchli gidrolizlangan va ishqoriy reaksiyaga ega. Bundan tashqari ular mineral kislotalarga uxshash metallar va ularning oksidlari bilan, ishqor va asoslar bilan uzaro reaksiyaga kirishib, tuzlarni xosil kiladilar:





Yüklə 250,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə