Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiyot fanlar fakulteti


Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning qo’llanilishi va tabiatda uchrashi



Yüklə 250,95 Kb.
səhifə6/7
tarix25.05.2022
ölçüsü250,95 Kb.
#87921
1   2   3   4   5   6   7
alifatik bir asosli karbon kislotalarning gomologik qatori

2.4. Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning qo’llanilishi va tabiatda uchrashi:

Karbon kislotalarning bir qanchasi sanoatdda qo’llanilib kelinmoqda. Shulardan hozir chumoli va sirka kislotasi bilan tanishi chiqamiz:


Chumoli kislota kimyo sanoatida organik moddalarni sintez qilishda qaytaruvchi sifatida, shuningdek, oksalat kislota olish uchun oziq-ovqat sanoatida-dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to’qimachilik sanoatida-gazlamalarni bo’yashda, tibbiyotda-bod kasalligini davolashda ishlatiladi. Keyingi yillarda chumoli kislotasining hosilasi dimetilformamid (H−CON(CH3)2) sanoatining turli sohalarida, ayniqsa, sintetik tolalar olishda eng yaxshi erituvchi sifatida ishlatilmoqda.
Dimetilformamid-rangsiz qo’lansa hidli suyuqlik, qaynash harorati 1530 C.
Chumoli kislotasining murakkab efirlari erituvchi va xushbo’y moddalar sifatida ishlatiladi.
Sirka kislota turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. U bo’yoqlar (masalan, vis(II) atsetat, indigo), dorilar (masalan, CH3COOPb(OH), aspirin), murakkab efirlar, sirka angidirid, monoxlorsirka kislota va hokazolar sintez qilish uchun zarur. Uning ko’p miqdori atsetat tola, yonmaydigan kinoplyonkalar, ultirabinafsha nurlarni o’tkazadigan organik shishalar ishlab chiqarishga sarflanadi. Uning tuzlari-atsetatlar keng qo’llaniladi. (CH3COO)2Pb va (CH3COO)3 Al moddalari matolarni bo’yashda tezob (bo’yoqni mahkam tutib turaqdigan modda), (CH3COO)2 Cu o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda, 3-9% li sirka kislotaning suvdagi eritmasi ta’m beruvchi va konservalovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Quyi va o’rta karbon kislotalarning murakkab efirlari tabiiy efir-moylarining tarkibiy qismiga kiradi. Yuqori yog’ kislotalari suvda erimaydi, va xech qanday mazaga ega emas. Biroq, ularning spirtli eritmalarini ishqor bilan titrlab olish mumkin.
Yuqori yog’ kislotalarining tuzlariga «sovunlar» deyiladi.
Natriyli tuzlar – qattiq sovunlar kaliyli tuzlar esa «suyuq» sovunlar deyiladi (meditsinada ishlatiladigan «yashil sovunlar»)


XULOSA
Men bu mavzuni yoritishim natijasida O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bir qancha islohotlar o’tkazilganligini shu jumladan: "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ta’limning barcha bosqichlarida isloh qilishni asosiy vazifa qilib belgilanganligi. Islox qilishning eng muxim tomonlaridan biri – o’quv tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish xisoblanishi
Yuqoridagilardan tashqari men karbon kislotalarni yoritishimda bir qancha o’zim bilmagan usullar bilan ularning olinishi, ularning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’rgandim. Men shu mavzudan quyidagi xulosaga keldim. Ular, ya’ni, karbon kislotalarning bir necha turlari tabiatda tarqalgan bo’lib, ular chumoli va sirka kislotalaridir.
Bulardan tashqari bir qancha mevalar tarkibida ham karbon kislotalar uchraydi, masalan olma, limon kabilar.
Karbon kislotalarning ko’pchiligi tabiatda keng tarqalgan, ayniqsa ularning xosilalari. Karbon kislotalar o’rin olish va biriktirish reaksiyalarga moyilligini yuqorida bir qancha reaksiyalar orqali ko’rib chiqdik. Yog’larga to’xtalsak yuqori molekulali yog’ kislotalar (olein, stearin, polmerin va x.) tashkil qiladi. Ular sanoatning juda ko’p sohalarida dizenfeksiya sifatida ishlatiladi.

Yüklə 250,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə