Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”



Yüklə 379,53 Kb.
səhifə3/9
tarix22.03.2024
ölçüsü379,53 Kb.
#180830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Toshmuxammedova Nozima

Kurs ishining maqsadi: Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va uning komponentlari tushunchalarini anglab yetish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tariyachisining bolalarni tarbiyalashda yangi metodlardan foydalanhgan holda ta’lim berishi kelajakda bolalar uchun naqadar qo‘l kelishi va kelajak yoshlarining yuqori darajada bilim olishlari ularga bog‘liq ekanligini chuqqroq o‘ragnish.
Kurs ishining predmeti: Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va uning komponentlari asoslarining mazmun mahiyatini shakllantirish.
Kurs ishining obyekti: Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va uning komponentlari o‘rganish jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:

  • Tarbiyachining kasbiy kompetentligi tushunchai va uning tasnifi

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan sifatlar

  • Maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali metodik ishlar samaradorligini oshirish

  • Tarbiyachilarda kasbiy kompetentlikning rivojlantirish texnologiyalar

Kurs ishining tuzilishi: kurs ishimiz kirish,ikki bib to‘rta paragrf va xulosadan iborat.


I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING MOSLASHISHIDA ZAMONAVIY TARBIYACHINING KASBIY KOMPETENTLIGI
1.1. Tarbiyachining kasbiy kompetentligi tushunchasi va uning tasnifi
“Kompetentsiya” va “kompetentlik” atamalari o‘zakdosh so‘zlar bo‘lib, ular g‘arb ilmiy adabiyotida XX asrning 60 yillari oxiri, 70 yillarda paydo bo‘ldi. “Kompetentsiya” atamasi milliy pedagogikada XX asrning 90 yillaridan e’tiboran ishlatila boshlandi.
Ta’lim jarayonida kompetentli yondashuv asosida faoliyat olib borish nazariyalari g‘arb olimlari J. Raven, L. Stross, J. Moreno, S.G. Vershlovskiy, Yu.N. Kulyutkin , V.Yu. Krichevskiy, A. V. Xutorskiy, V.A. Slastenin kabilar tomonidan ilgari surilgan. O‘zbek olimlaridan M. Ochilov, N. Sayidahmedov, U. Inoyatov, E. G‘oziev, N.N. Azizxodjaeva, N.A.Muslimovlar kompetentlikning ilmiy-nazariy asoslarini yoritib berdilar.[4] Mazkur olimlar kompetentlikning tuzilishi, turlari va shakllanish bosqichlarini ko‘rsatib berganlar. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining umumiylik va farqli jihatlari yoritilib, kompetensiyaning umumiy va maxsus ko‘rinishlari farqlangan.
Pedagog kasbiy kompetentligini A.K.Markova quyidagi to‘rt jihatini ajratib ko‘rsatadi:
1. Maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish).
2. Ijtimoiy kompetentlik (qo‘shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil etish).
3. Shaxsiy kompetentlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoyon etish).
4. Individual kompetentlik (o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish).
Pedagog kasbiy kompetentligining to‘rt jihati (B.Nazarova):
1. Maxsus kompetentlik (kasbiy faoliyatini yuqori darajada tashkil etish).
2. Ijtimoiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas’ullik).
3. Autokompetentlik (o‘zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish).
4. Ekstremal kasbiy kompetentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish).
Mazkur ilmiy nazariyalar shu kunga qadar olimlar tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, bugungi kunda ham izlanishlar davom etmoqda. Xususan, tarbiyachining kasbiy kompetentligi, uni shakllantiruvchi jihatlar, rivojlantirish usullari borasida amaliy va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olishdir.
Kreativ kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
- muqobil yo‘llarni ko‘ra olish;
- oddiy va yagona to‘g‘ri bo‘lib ko‘ringan holat, fikrlarga tanqidiy yondasha olish;
- yuzaki xulosalardan qochish;
- muammoni chuqur anglab yeta olish;
- istiqbolli fiklay olish;
- an’anaviy bo‘lib qolgan va ko‘plab mutaxassislar tomonidan tan olinayotgan pedagogik g‘oyalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdan qochish;
- tanish ob’ektlarda yangi, kutilmagan tomonlarni kashf eta olish;
- qiyinchiliklardan cho‘chimasdan yangilik yaratish va tatbiq qilishga tayyorlik.
Kasbiy kreativ kompetensiyaga ega mutaxassis:
- o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi, ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.
Bolaning maktabgacha ta'limni olganligi va qanday kompetensiyalarga ega bo'lishi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari"da bolaning 5ta rivojlanish sohalari bo'yicha belgilangan. Bular: -Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllantirish; -Ijtimoiy-hissiy rivojlanish; -Nutq, muloqot, o'qish va yozish; -Bilishga oid jarayonning rivojlanishi; -Ijodiy rivojlanish.
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi va Maktabgacha ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida aks ettirilgan ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyilidir. Ushbu pedagogik konsepsiyamni yozishdan oldin men o'tgan davr mobaynida, o'zimning hamkasblarimning ish faoliyatini kuzatuvim hamda turli o'quv seminarlaridagi kuzatuvlarim asosida yozishga qaror qildim. Pedagogik konsepsiya eng avvalo o'zimning
Pedagogik kompetensiyamni oshirishga xizmat qiladi, shu bilan birgalikda ushbu Konsepsiya orqali men tashkilotim va shahrimdagi tarbiyachilarning o'zlarini ustida ishlari uchun ozgina bo'lsa ham turtki, shu bilan birgalikda yo'l ko'rsatuvchi ish bo'ladi deb o'yladim. Ushbu konsepsiyani yozish vaqtida, konsepsiyadagi ko'rsatma va yo'nalishlarni hayotga to'liq tadbiq etishim uchun men doimiy o'z ustimda ishlashim kerakligi hamda kamida 2 yil davomida ta'lim-tarbiya jarayonimga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishim lozimligini tushundim. Aytib o'tish lozimki, bolalarga ularning individual ritmda rivojlanishlari va individual potensialini hamda qiziqishni oshirish uchun teng imkoniyatlarni taqdim etuvchi qulay muhitni ta'minlash uchun tarbiyachi shaxsi muayyan kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lishi kerak.
Pedagogik kompetensiyalar-bilimlar, malaka va ko'nikmalar hamda o'zlashtirilgan qadriyatlar asosida mustaqil harakatlanishga bo'lgan motivatsiyaning uyg'unlashgan majmuini o'zida aks ettiradi. Kompetentli kadr kasbiy vazifalarni samarali va sifatli bajarishi mumkin. Zamonaviy kompetensiya nafaqat malaka, bilim va ko'nikmalarni, balki qadriyatlar va axloqiy fazilatlarni xam o'z ichiga oladi. Har bir tarbiyachi shaxsi, temperamenti va tarbiyachiik uslubi boshqalarinikidan farqlanadi. Biroq bolaga, uning ta'limiga va rivojlanishiga yondashuv barcha tarbiyachilarda bir xil bo'lishi lozim. Shuning uchun ham kasbiy standart barcha tarbiyachilar uchun bir xil talabni qo'ydi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, zamonaviy bolalar bog'chasini yangi axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. AKTga egalik qilish ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishga, tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirishga yordam beradi.
O'quv-tarbiyaviy jarayonda pedagogning insoniy xislatlari alohida muhimlik kasb etadi. Bu xislatlar qatoriga insoniylik, adolatlilik, mehribonlik, sabr-bardosh, to'g'rilik, haqiqatgo'ylik, javobgarlik, adolatlilik, majburiylik, ob'ektivlik, sahiylik, insonlarga bo'lgan muhabbat, hurmat, yuqori ma'naviyatlilik, optimizm, emotsional vazminlik, muloqotga bo'lgan ehtiyoj, tarbiyalanuvchilar hayotiga bo'lgan qiziqish, olijanoblik, o'z-o'zini tanqid qilish, do'stsevarlik, vazminlik, qadr-qimmat, vatanparvarlik, diniy e'tiqod, printsipiallik, emotsional madaniyat va boshqalar kiradi.Inson tashqi ko'rinishi nimalarni bildirishi xususida muayyan qoidalar mavjud. Ularni o'rganish asosida yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Masalan qovushtirilgan qo'llar rad avobini anglatadi, deb hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham bunday emas. Bu, albatta, rad javobining alomati bo'lishi mumkin. Lekin u suhbatdoshning tortinchoqligi yoki o'ziga ishonmasligini ham bildirishi mumkin. Shuning uchun ham bu erda har doim amal qiladigan mutloq qoida bo'lmaydi. Biroq munozara, siz qator belgilarga ko'ra, siz suhbatdoshingiz nima haqida o'ylayotganini bilib olishingiz mumkin. Har bir xatti-harakat o'z asosiga ega bo'ladi. Fanda madaniyat mohiyatiga uch xil qarash tushuniladi: aksiologik, faoliyatli va shaxsiy. Aksiologik qarashda pedagogika va tarbiyadagi yo'nalishlar ko'rib chiqiladi. Faoliyatli qarash pedagogik metodlar va vositalar mohiyatini amalga oshirishni tadbiq etish imkonini beradi. Individual-shaxsiy rejada o'qituvchining pedagogik madaniyati uning kasbiy faoliyatidagi tavsifining mohiyatidan iborat, deb tushuniladi.Bunday qarash o'qituvchini umuminsoniy madaniyat va pedagogikboyliklarni, u orqali tarbiya va a'limning madaniy boyliklarini bir avloddan ikkinchi avlodga tashuvchi vakili sifatidagi shaxs, deb qarash imkonini beradi. Pedagogik madaniyat umuminsoniy kabi, moddiy va ma'naviy shakllarda mavjud bo'ladi. Pedagogik bilimlar, nazariyalar, kontseptsiyalar, insoniyat va buyuk allomalar tomonidan to'plangan pedagogik tajriba hamda kasbiy-etikaviy normalar-me'yorlarning barchasi pedagogik madaniyatning ma'naviy-ruhiy boyligini tashkil etadi. Pedagogik madaniyatning moddiy boyligio'qitish va tarbiya vositalaridir. Yosh pedagogning umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlariningamaliy faoliyatida amalga oshish darajasi va hokazo. Insonning madaniy rivojlanishi -bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, hulqining muhit tomonidan rivojlanish jarayonidir.
Tarbiyachilarning malakasini rivojlantirishning turli shakllari va usullari mavjud bo'lib ularni bosqichma-boqich amalga oshirish mumkin. Tarbiyachilar bilan ishlashda malakani rivojlantirishga qaratilgan ko'plab shakl va usullardan quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:
Seminar - ijodiy darslar ijodiy fikrlashni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni yaratishga qaratilgan.
O'yinlarni niodellashtirish. Ishbilarmonlik va rol o'ynash o'yinlari haqiqiy jarayonni modellashtirishni o'z ichiga oladi, bu davrda sun'iy ravishda yaratilgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida maqbul kasbiy qarorlar qabul qilinadi.
Kollektiv muammolarni hal qilish, guruh muhokamasi yoki aqliy hujum; kasbiy mahoratni oshirish uchun kichik guruhlarda treninglar; o'z-o'zini tarbiyalash ishlarining usullari, maktabgacha ta'lim muassasasining innovatsion faoliyati natijalariga bag'ishlangan ilmiy va amaliy konferensiyalar.
Pedagogik halqa - tarbiyachilarni psixologiya va pedagogika sohasidagi so'nggi tadqiqotlarni, uslubiy adabiyotlarni o'rganishga yo'naltiradi, pedagogik muammolarni hal qilishning turli xil yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi, mantiqiy fikrlash va o'z pozitsiyalarini dalil qilish ko'nikmalarini yaxshilaydi, bayonlarning ixchamligi, aniqligi, to'g'riligini o'rgatadi. Ushbu shakl ishtirokchilarning javoblari, nutqlari va harakatlarini baholash mezonlarini taqdim etadi:
-Umumiy bilim;
-Kasbiy bilim, qobiliyat, ko'nikma;
-Qiyin vaziyatdan chiqish qobiliyati, tezkorlik.
Ishbilarmonlik o'yini nafaqat maktabgacha ta'lim muassasasi uchun dolzarb bo'lgan muammo bo'yicha nazariy seminar natijalariga asoslangan test darsi sifatida, balki yangi muammo echimlarini ishlab chiqishda ham qo'llanilishi mumkin. Masalan: "Maktabgacha yoshdagi bola bo'lish osonmi? «
G'oyalar banki - bu bosqichda an'anaviy usullar yordamida hal qilib bo'lmaydigan muammolarni kollektiv ravishda hal qilishning oqilona usuli. Masalan: "O'yin ekologiyasi", "Pedagogik g'oyalar yarmarkasi", "Eng yaxshi rivojlantiruvchi o'yin".
Master-klass. Uning asosiy maqsadi pedagogik tajriba, ish tizimi, mualliflik topilmalari va tarbiyachiga eng yaxshi natijalarga erishishda yordam bergan barcha narsalar bilan tanishishdir.


Yüklə 379,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə