Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


-1-MA’RUZA TIL ijtimoiy, doim o`zgarib , rivojlanib turuvchi hodisadir



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə11/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

-1-MA’RUZA

TIL ijtimoiy, doim o`zgarib , rivojlanib turuvchi hodisadir.

Reja:
  1. Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma'lumot.


  2. Tilning ijtimoiy mohiyati, tuzilishi.


  3. Tilning paydo bo’lishi, taraqqiyoti.


Manbalardan ma’lumki, hozirgi zamon fanlarini quyidagi yirik guruhlarga ajratish mumkin:


1. Tabiiy fanlar.
2. Texnika fanlari.
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.
4. Matematika fanlari1.
Tilshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga mansub bo`lib, inson tili, ya’ni so`zlashuv quroli uning o`rganish obyektidir. “Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati”da bu fanga shunday ta’rif beriladi: “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati,, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko`rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”2.
Tilshunoslik fani yuqoridagi guruh fanlarning ko`pchiligi bilan aloqadordir.
Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Har qanday til tovush tilidir, chunki nutq tovushlarning muayyan ketma-ketligidan iborat bo`lgan so`zlardan tashkil topadi. Nutq tovushlari esa fizika fanining akustika bo`limida ham o`rganiladi. Nutq faoliyati insonning markaziy asab tizimi yordamida boshqariladi, demak, tilshunoslik fani fiziologiya fani bilan aloqada bo`lishi lozim. Kimyo fanida valentlik degan tushuncha mavjud. Bu molekula tarkibidagi atomning boshqa atom bilan bog`lanish xususiyatidir. Xuddi shu xususiyat tildagi so`zlarda ham mavjuddir. Masalan, qizil, shirin, achchiq, yirik so`zlari olma so`zi bilan bog`lana oladi, lekin yupqa, aqlli, a’lochi, beg`am, ozg`in so`zlari olma so`zi bilan bog`lana olmaydi.
Tilshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar. Har qanday fan falsafa bilan bog`liq, chunki falsafa barcha fanlarning kelib chiqish manbasi sifatida tan olingan. Tilshunoslik fani, birinchidan, falsafaning bilish nazariyasi bilan bog`langan bo`lsa, ikkinchidan, bu fan bilan shug`ullanuvchi mutaxassis o`z tadqiqotlarida muayyan falsafiy yo`nalishga tayanadi.

Ma’lumki, adabiyot so`z san’ati sifatida tan olingan. Demak, tilshunoslikning markaziy tushunchalaridan bo`lmish so`z adabiyot uchun ham asosiy qurol bo`lib xizmat qiladi. Shunday ekan, tilshunoslik adabiyotni o`rganadigan adabiyotshunoslik fani bilan chambarchas bog`liqdir.


Tilshunoslik tarix fani bilan bog`liq, chunki til tarixi shu tilning egasi bo`lmish millat tarixining bir qismidir.
Siz ”mantiqiy fikr”, ”bu mantiqqa to`g`ri kelmaydigan fikr” degan gaplarni eshitgansiz. Bu esa tilshunoslik va mantiq fanlarining o`zaro bog`liq ekanligini ko`rsatadi. Har ikkala fanni birlashtiruvchi narsa tafakkurdir. Tafakkur tilda so`z, so`z birikmasi va gaplar orqali namoyon bo`lsa, mantiqda hukm, tushuncha va xulosalar ko`rinishida aks etadi.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə