Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə12/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

Tilshunoslik va matematik fanlar. Hozirgi paytda matematika fani aralashmagan fan bo`lmasa kerak. Oddiy arifmetik amallardan tortib, murakkab matematik formulalar ham barcha fanlardagi hisob-kitoblarda qo`llanadi. Tilshunoslikda ”Bir bosh bo`lakli va ikki bosh bo`lakli gaplar” degan nomlarning mavjudligi oddiy arifmetik sonlarning qo`llanishiga misol bo`ladi. Endi quyidagi parchaga e’tibor qiling: ”Vaholanki eng tor tovushni 0 raqami bilan, eng keng tovushni 1 raqami bilan belgilasak, tovushlarning bu jihatdan farqi quyidagicha bo`ladi: i – u – o – e – â – a

0 – 0,2 – 0,3 – 0,8 – 0,9 - 1”3
Bu parchada ishlatilgan ifodalar nisbatan murakkabroq formulalarga misol bo`la oladi.
Tilshunoslik va texnik fanlar. Tilshunoslik va texnik fanlardan hisoblangan kibernetikaning o`zaro bog`liqligi shundaki, kibernetikaning mahsuli bo`lmish EHM ham insonga o`xshab axborot qabul qilib, uni uzatish vazifasini bajaradi. EHM yaratilishi uchun inson organizmi asos bo`lib xizmat qilgan. EHMning paydo bo`lishi avtomatik tarjimaning yuzaga kelishiga sababchi bo`ldi.
Tilshunoslik fanining turlari. Tilshunoslik ikkita xususiyatiga ko`ra turlarga bo`linadi:
1. O`rganish obyektining hajmiga ko`ra:

a) xususiy tilshunoslik alohida olingan tilning tovush tizimi, lug`at boyligi va grammatik qurilishini o`rganadi, shu sababli bunday tilshunoslik “o`zbek tilshunosligi”, “rus tilshunosligi” kabi nomlar bilan ataladi.
b) umumiy tilshunoslik yer yuzida mavjud bo`lgan barcha tillarning umumiy xususiyatlarini, kelib chiqishini, dunyo tillarning tasiflanishini o`rganadi. U o`z tadqiqotlarida xususiy tilshunoslik yutuqlaridan unumli foydalanadi.


2. O`rganish maqsadiga ko`ra:
a) nazariy tilshunoslik til hodisalariga nazariy jihatdan yondashadi, ya’ni shu hodisalar bo`yicha umumlashma tarzida chqarilgan xulosalar, qoidalar yaratadi.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə