Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə24/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

Geneologik tasnif
Geneologik (yun. shajara degani) tasnifda tillarning kelib chiqishi, ya’ni qarindoshligi asos qilib olinadi.
Dunyodagi tillar kеlib chiqishi, qarindoshligi, lug`aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir nеcha til oilalariga bo`linadi. Yer yuzida 20 dan ortiq til oilasi bor. Til oilalari bobo til nomi bilan ataladi. Til oilalari o`z navbatida til turkumlariga bo`linadi.


I. Hind-yеvropa oilasi. hind turkumi: hind, urdu, bеngal, panjob, gujarat va h.; eron turkumi: fors, afg`on, osеtin, kurd, tojik va h.; slavyan turkumi: rus, ukrain, bеlorus, chеx, slovak, polyak, sеrb, makеdon, bolgar, xorvat, slovеn; boltiq turkumi: litva, latish, latgal; gеrman turkumi: dat, shvеd, norvеg, island, ingliz, golland, nеmis, yangi yahudiy tili (idish); roman turkumi: fransuz, provansal, italyan, ispan, portugal, rumin, moldovan tillari, o`lik lotin tili; kеlt turkumi: irland, shotland, brеton, uels; anatoliy turkumi (o`lik), tohar turkumi (o`lik). Grеk, alban, arman tillari birorta turkumga mansub bo`lmasdan, shu til oilasiga kiradi.

II. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi (ular so`zlashuvchi aholi miqdori tartibida berildi). Tirik tillar: turk, o`zbek, ozarbayjon, qozoq, uyg`ur, qozon-tatar, turkman, chuvash, qirg`iz, boshqird, qumiq, yoqut, qoraqalpoq, tuva, qorachoy, balqar, xakas, no`g`oy, qoraim, qrim-tatar, oltoy, shor, gagauz, truxman, karagas. O`lik tillar: o`rxun, pecheneg, qipchoq, xazar, qadimgi uyg`ur, bulg`or, chig`atoy.
Mashhur turkolog olim N.A.Baskakov turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillarni uchta tarmoqqa ajratadi:20


A. G`arbiy xun tarmog`i:

I. Bulg`or guruhi: 1. Tirik til: chuvash tili. 2. O`lik tillar: bulg`or, xazar tili.

II. Og`iz guruhi: 1. Og`iz-turkman guruhchasi: Tirik tillar: turkman tili, truxman tili. O`lik til: o`g`iz tili (X-XI asrlarda qo`llangan); 2. O`g`iz-bulg`or guruhchasi: tirik til: gagauz tili; o`lik tillar: pecheneg tili, uz tili. 3. O`g`uz saljuq guruhchasi: tirik tillar: usmonli turk tili, ozarbayjon tili. O`lik tillar: saljuq tili, eski usmonli turk tili.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə