Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə27/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

Morfologik tasnif
Avvalo, bu tasnif nomidagi ”morfologik” so`ziga e’tiboringizni qaratamiz. Bu so`z orqali muayyan tildagi so`zlarning tarkibiga ishora qilingan, chunki morfologiya bo`limi so`zlarning o`zgarishi haqidagi qoidalar yig`indisidan iboratdir. Demak, bu tasnifda dunyo tillari tarkibidagi so`zlarning tuzilishi asos qilib olinadi.

Bu tasnifga ko`ra tillar quyidagi 4 guruhga bo`linadi:



1. Amorf (ing. amorphous – “shaklsiz” degani) tillar tarkibidagi so`zlar hech qanday so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarsiz, to`g`ridan-to`g`ri birikib, bog`lanib keladi. So`zlar o`rtasidagi grammatik munosabatlar so`z tartibi, urg`u va ohang orqali amalga oshiriladi. Bu guruh yana o`zak tillar, ajratuvchi tillar, o`zak ajratuvchi tillar degan nomlar bilan ham ataladi. Bu tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo`lgan boshqa tillar misol bo`la oladi.

2. Agglyutinativ (ing. agglutinative – “yelimlangan”, “yopishtirilgan” degani) tillarda qo`shimchalar o`zgarmas asosga qo`shilib keladi va shu tariqa so`zlar o`zaro bir birlariga bog`lanadi.

Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, o`zbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys tillari kiradi.

Agglyutinativ tillarning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1) qo`shimchalar asosdan keyin qo`shiladi: kitob-lar-ning.

2) har bir qo`shimcha asosan bitta grammatik ma’noni ifodalaydi: maktablarga so`z shakli tarkibidagi –lar qo`shimchasi ko`plik ma’nosini, -ga affiksi yo`nalish ma’nosini ifodalaydi.

3) o`zak va qo`shimchaning chegarasi aniq bilinib turadi, ya’ni ular qo`shilib ketmaydi.

4) qo`shimchalarning qo`shilishida ham o`ziga xos tartib mavjud: oldin so`z yasovchi, keyin shakl yasovchi, undan keyin so`z o`zgartuvchi qo`shimcha qo`shiladi: gul-zor-lar-dan.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə