Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə30/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

11. So`z yasalishida so`z yasash usullari o`rganiladi.

12. Grammatikada tilning grammatik qurilishi o`rganiladi. U ikki qismdan iborat:

1) morfologiyada so`z turkumlari o`rganiladi;

2) sintaksisda so`z birikmasi va gap turlari o`rganiladi.

13. Punktuatsiya bo`limida tinish bеlgilarini ishlatish qoidalari o`rganiladi.

14. Uslubiyat (stilistika) bo`limida nutq uslublari o`rganiladi.

3- MA’RUZA

FONETIKA VA FONOLOGIYA; NUTQ APPARATI; ONA TILINING UNLI TOVUSHLAR TIZIMI
REJA:

1.Fonetika haqida ma'lumot.

2.Nutq a’zolari, nutq apparati.

3.Artikulyatsiya haqida ma'lumot.

4.Tilning fonetik vositalari.
5.Nutq tovushlarining tasnifi
6. Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot.
7. Ayrim unli tovushlar tavsifi haqida ma'lumot
8.Undosh tovushlar va ularning xususiyatlari.
9. Hosil bo`lish o`rniga ko`ra undosh tovushlar tasnifi.
10. Hosil bo`lish usuliga ko`ra undosh tovushlar tasnifi.
11. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undosh tovushlar tasnifi.

12. Undosh tovushlar tavsifi


Fonetika trilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo`lishi, turlari, o`zgarishi, so`z ma’nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg`u, intonatsiya(ohang) nutqning fonetik bo`linishi kabi masalalar o`rganiladi.
Fonetika ham o`rganish obyektining hajmiga ko`ra ikki turga bo`linadi:


1. Umumiy fonetikada dunyodagi barcha tillarning tovush tomoni va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganadi. Bularga barcha tillarda unli va undosh tovushlarning mavjudligi, nutq apparati, tovush o`zgarishlari kabilar kiradi.

2. Xususiy fonetikada muayyan bir tilning fonetik xususiyatlari o`rganiladi. Masalan, o`zbek tili fonetikasi, turkman tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. Fonetikaning bu turi tilning fonetik tomonini qay tarzda o`rgashiga qarab ikki turga bo`linadi: 1) tavsifiy fonetikada muayyan tilning fonetik tizimi tarixiy jarayon va dalillarga bog`lanmagan holda o`rganiladi. 2) tarixiy fonetikada ma’lum bir tilning fonetik tizimi til tarixi bilan bog`liq tarzda o`rganiladi.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə