Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə29/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

Tilshunoslik fanining bo`limlari
Tilshunoslik fani quyidagi bo`limlarni o`z ichiga qamrab oladi:

1. Lеksikologiya tilning lug`at boyligini o`rganuvchi bo`limdir. Uning quyidagi sohalari mavjud:

1) semasiologiya (yun. semasia - belgi, ma’no, logos – ta’limot, fan) so`zning ma’no tomonlarini o`rganadi.

2) onomasiologiya (yun. onyma – nom, logos – ta’limot, fan) narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o`rganadi.23

3) onomastika (yun. onomastike – nom qo`yish san’ati) atoqli otlarni o`rganadigan soha bo`lib, quyidagi qismlarni o`z ichiga oladi:

a) antroponimika (yun. anthropos –odam, onyma - nom) odam ismlarini o`rganadi;

b) toponimika (yun. topos – joy, onymo - nom) joy nomlarini o`rganadi;

4) etimologiyada (yun. etymon - haqiqat) so`zlarning paydo bo`lish yo`llari o`rganiladi.

5) lеksikografiya (yun. lexis – so`z, grafo - yozaman) lug`at tuzish masalalari bilan shug`ullanadigan soha.

2. Frazеologiya ko`chma ma'noli birikmalar, ya'ni iboralarni o`rganadigan bo`lim.

3. Shеvashunoslikda (dialеktologiya) tildagi shеvalar o`rganiladi.

5. Fonеtika tilning tovush tizimini, tilda yuz beradigan asosiy tovush jarayonlari o`rganiladigan bo`lim.

6. Fonologiya so`z va so`zshakllar ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi – fonemalar o`rganiladigan bo`lim.

7. Orfoepiya bo`limida talaffuz me’yorlari o`rganiladi.

8. Grafika bo`limida har bir tilning yozuv va harflar tizimi o`rganiladi.

9. Orfografiya bo`limida to`g`ri yozishning qonun-qoidalari o`rganiladi.

10. Morfеmika bo`limida so`zlarning morfologik tarkibi, ya’ni o`zak va qo`shimchalar, ularning turlari o`rganiladi.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə