Ona tilidan blok test uchun 1-variant 1-savol: Tarkibida lugʻaviy shakl yasovchi qatnashmagan gapni aniqlang



Yüklə 24,5 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü24,5 Kb.
#130899
Ona tilidan blok test 1-variant


Ona tilidan blok test uchun 1-variant
1-savol: Tarkibida lugʻaviy shakl yasovchi qatnashmagan gapni aniqlang
A) Turmush eng katta ezgulikning boshlanishi hisoblanadi.
B) Kasallikka qarshi kurashga hammani chorlaymiz.
C) Uzilgan bargni oʻz joyiga qoʻyishning imkoni yoʻq.
D) Hammasi yaxshi boʻlishiga ishonch komil.
2-savol: Bosh harflar bilan yozish qoidasiga amal qilinmagan qatorni aniqlang.
A) Jahon Taraqqiyot Banki B) Andijon Davlat universiteti
C) "O'zbekiston Qahramoni" unvoni D)Eron Islom Respublikasi
3-savol: Qaysi qatorda tire izohlash maʼnosida qoʻllanmagan?
A) Suv keldi— nur keldi B) Biologiya— hayot haqidagi fan
C) Ichkilik— inson hayotining zavoli D) A va B javoblar toʻgʻri
4-savol: Qaysi qatorda maza-ta'm bildiruvchi sifat belgi-xususiyat maʼnosida qoʻllanilgan?
A) Umrimda bundan achchiq qalampir yemagandim.
B) Insonlarga baʼzida ibratli soʻzlardan ham aytish kerak.
C) Uning farzandlari bunchalar shirin bolalar boʻlganini bilmagandim.
D) Barchasiga koʻp oʻqish va yomon soʻz ishlatmaslik sabab boʻldi
5-savol: Turpoq tarkibida turli arganik moddalar mavjut boʻlib, unga ekilgan savzavotlardan yaxshigina xosil olish mumkun. Ushbu gapdagi imloviy jihatdan xato yozilgan soʻzlar sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta
6-savol: Samuraylar janglarda qilichlari yordamida koʻplab dushmanlarni yengishlari mumkin ekan. Berilgan gapda shovqinlilar guruhiga kirmaydigan nechta undosh qatnashgan?
A) 25 ta B) 24 ta C) 23 ta D) 22 ta
7-savol: Qaysi gapda qoʻshma soʻz mavjud emas?
A) Oshqovoqning inson organizmiga foydasi juda ham koʻp.
B) Har zamonda inson faqat oʻzi haqida ham oʻylan turishi kerak.
C) Mening bobom 2-jahon urushida halok boʻlgan.
D) U roʻparamda menga qarab kulib turardi.
8-savol: Parrandachilik fermasiga tashrif buyurgan talabalar umidsiz nigoh bilan oʻzlariga qarab turgan hayvonlarga duch kelishdi. Berilgan gapda yasama soʻzlar sonini toping
A) 4 ta B) 3 ta C)2 ta D)5 ta
9-savol: Asosi omonimlik xususiyatiga ega boʻlgan yasama soʻz qaysi qatorda qatnashmagan?
A) Ishlamagan odam hech narsaga erisha olmaydi.
B) Doʻstimga sogʻayib ketishini tilab, shifoxonadan chiqib ketdim.
C) Sanoqsiz yulduzlarning qaysi biridadir hayot mavjud.
D) Tinimsiz kurashlar natijasida mamlakat yana birlashibdi.
10-savol: Fe'llarga shakl yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilishi tartibi toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.
A) Asos+ soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi+ sintaktik shakl yasovchi
B) Asos+ nisbat+ boʻlishsizlik + zamon+ shaxs-son
C) Asos+ boʻlishsizlik+nisbat+ zamon+shaxs-son
D) Asos+ nisbat+ zamon+ boʻlishsizlik+ shaxs-son
Yüklə 24,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə