Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/361
tarix21.04.2022
ölçüsü2,63 Mb.
#85808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   361
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov) (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
5
 
1bob. 
Kirish. Ma’naviyatning  takomil tarixini nega o’rganamiz? 
Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar. 
 
1-fasl.  Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy va madaniy boyliklar  
millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar  sifatida. 
 
Mustaqillik  davrida  O’zbekiston  Prezidenti  I.A.  Karimovning  bevosita 
tashabbusi bilan barcha darajadagi ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” alohida va 
maxsus  fan  sifatida  o’qitila  boshlandi.    Keyinchalik  shu  sohada  kadr  tayyorlash 
masalasi  yo’lga  qo’yilishi  munosabati  bilan  oxirgi  yillarda  bu  fan  ham 
tarmoqlanib,  “Ma’naviyatning  diniy  asoslari”,  “Axloqning  ma’naviy    asoslari”,    
“San’atning  ma’naviy    asoslari”,  “Oila  ma’naviyati”    “Milliy  mustaqillik  va 
ma’naviyat”  kabi  yangi-yangi  kurslar  maxsus  yo’nalishning  bakalavriat  va 
magistrlik  o’quv  rejalariga  kiritilmoqda.  Shulardan  biri,  balki  eng  muhimi 
“Ma’naviyatning  rivojlanish  tarixi”  kursidir.  “Nega  eng  muhimi?”  degan  savol 
tug’ilishi  mumkin.  Nazarimizda,  suhbatni  ushbu  savolga  javob  qidirishdan 
boshlash kerak bo’ladi. 
 Ahli  bashar  ma’naviyatsiz  bo’lmaydi, 
chunki  aslida  inson  mohiyati  moddiyat  va 
ma’naviyatning  tutashuvidadir.  Har  bir  shaxs, 
har  bir  ijtimoiy  guruh  yoki  toifa,  har  bir  elat, 
millat  va  mintaqa  xalqlarining  o’ziga  xos 
ma’naviy  olami  mavjud.  Ushbu  ma’naviy 
olamlar  doimo  bir  xil  saqlanmaydi,  zamon  va 
makonda  o’zgarib,  goh  kamolot  sari  yuksalib, 
goh  qashshoqlashib  turadi.  Lekin 
ma’naviyat
 
hodisasini    tadqiq  etish  oson  ish  emas,  bu 
hozirgi  kunda  ushbu  ilmni  rivojlantirishga 
urinishlar  o’ta  qiyinchilik  bilan  samara 
berayotganida  ham  sezilmoqda.  Masalan, 
O’zbekistonda  barcha  oliy  o’quv  yurtlarida 
“Ma’naviyat  asoslari”  maxsus  fan  sifa-tida 
1997 yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan 
beri  bu  mavzuda  qator  tadqiqotlar,  o’quv 
qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandi va 
nashr  etildi.  Ularning  har  biri  fan  rivojiga  ozmi-ko’pmi  muayyan  hissa 
qo’shganligini  inkor  etmagan  holda,  tan  olish  kerakki, 
ma’naviyat
  hodisasining 
mohiyatini  teran  ochib  beruvchi,  sohaning  ko’pchilik  xodimlarini  har  jihatdan 
qoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng iste’molga kirmadi. Buning turli sabablari bor. 
Ammo,  bizning  nazarimizda,  eng  birinchi  sabab    shu  kungacha 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   361




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə