Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti



Yüklə 293,74 Kb.
səhifə30/34
tarix05.04.2023
ölçüsü293,74 Kb.
#104405
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
bolalardagi xavotirlanish va qorquv emotsional holatlarni tadqiq qilish maktabgacha va kichik maktab yosh davrlari )

30%

70%



«Eng yaxshi yoki eng yomon narsa» mavzudagi rasmlari


Bolaga xodisalarni tanlash ixtiyoriyligi beriladi.


4 - jadval. Rasmlar orqali qo`rquvlarni tadqiq qilish.





Yaxshi, quvonchli xodisalar

Yomon xodisalar

80%

20%



3-bob buyicha xulosalar:


Shunday qilib, «BOLALARDA QO`RQUV va XAVOTIRLANISh MUAMMOSINI EKSPeRIMeNTAL O`RGANISh» mavzudagi dissertatsiyamizning ushbu bobida kuyidagi masalalar tadqiq qilindi va aniqlandi:

    • Eksperiment bosqichlari va natijalari

    • Kichik maktab yoshi bolalar rasmlari tahlili

XULOSALAR va TAVSIYaLAR


Shunday kilib, dissertatsiya tadkikot ishimizga yakun yashaylik.
«Obod turmush yili» deb e`lon qilingan 2013 yilda O`zbekistonda davlat, jamiyat va oilaning sog`lom zurriyot tarbiyasi uchun e`tibor va g`amho`rligini oshirish, yoshlarni sog`lom, barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida katta ishlar qilinmokda.
Ma`lumki, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan joriy yilni mamlakatimizda «Obod turmush yili» deb e`lon qilinishini halqimiz zo`r mamnuniyat bilan kutib oldi. Bu boshlangan ishlarni ohiriga etkazish, hayrli tashabbuslarni amalga oshirish imkonini beradi. Oila, jamiyat, mamlakat hayotining kelajagi farzandlarga, avlodlarga bog`liq. Kelajak sog`lom, ishonchli, erkin va barqaror bo`lishi uchun farzandlar ham sog`lom, jismoniy, ma`naviy, intellektual jihatdan barkamol bo`lishlari zarur.
Darhaqiqat, har birimizning, shu jumladan, maktabgacha ta`lim muassasalaridagi xodimlarning va boshlang`ich maktab pedagog-o`qituvchilarning zimmasidagi vazifalar ham nihoyatda mas`uliyatlilidir. Yurtboshimiz ta`qidlaganidek «.. . bolani go`daklikidan ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan to`g`ri tarbiyalashni, bu davrda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada va ta`lim muassasasida joriy qilish ayniqsa zarurligini tushunib olishimiz lozim».
Hozirgi kunda maktabgacha ta`lim va boshlang`ich maktab – kelajak avlod kamoli uchun poydevor hisoblanadi. Tarbiyachi va o`qituvchiga alohida bilim, fidoyilik lozim. Qolaversa, bu dargohlardagi butun jarayon davlatimiz tomonidan qo`llab-qo`vvatlanadi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun, «Kadrlar tayerlash milliy dasturi», «Uchinchi mingyillikning bolasi» dasturi asosida olib borilayotgan ishlarni butun jahon e`tirof etmoqda.
Albatta, eng avallo pedagoglar o`z ishida har bir bolaning ruhiyati, qizikishi, qobiliyati, irodasi, zehnini, va ayniqsa, uning xissiyotlarini aniqlab bilishi zarur. Shu bois biz dissertatsiya mavzuimizni «Bolalardagi qo`rquv va xavotirlanish emotsional xolatlarni tadqiq qilish»
(maktabgacha va kichik maktab yosh davrlari misolida) deb bejiz tanlamadik.
Ma`lumki, psixologiyada qo`rquv, bu – sub`ekt o`zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi haqida, unga real tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo`lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo`ladigan salbiy hissiy xolatdir. Eng muhim ehtiyojlari bevosita blokada (muhosara) qilinishi natijasida ro`y beradigan iztirob chekish hissiyotidan farqli o`laroq, kishi qo`rquv hissiyotiga berilganda muvaffaqiyatsilikka uchrashi mumkinligini faqat ehtimoliy tarzda biladi va ushbu (ko`pincha etarlicha ishonarli bo`lmagan yoki bo`rttirib yuborilgan) prognozga binoan harakat qiladi. Shu o`rinda «Qo`rqqanga qo`sha qo`rinadi» degan xalq maqolini eslatish mumkin. Qo`rquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham bo`lishi («Qo`rqqanidan oyoqlari qaltirardi»), yohud hissiy zo`riqishlar tarzida, yohud ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va havotirlangan tarzda, yohud affektiv holatga tushgan tarzda (dahshatli qo`rquv hissiyotning eng so`ngi turidir) kechishi mumkin.
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoyi vaziyatlar bilan bog`liq. Bolaning vaziyatni tushunishi, vaziyatni va undagi uzgarishlarni boshidan kechirishi muayyan emotsional xolatni xosil qiladi. Bolalardagi o`zgarish tormozlanishdan ustun kelishi mumkin. Bola ijobiy emotsiyalarning jushqin ifodalanishi tormozlay olmasligi tufayli qarama-qarshi emotsiyalar paydo bo`lishi mumkin. Masalan, jushqin hursandchilik, ko`pincha yig`lash va ko`z yoshi bilan tugaydi.
Agar bola extiyojlarini qondira olish imkoniyatiyatlariga ega bo`lsa, ijobiy kechinmalar (stenik) xosil bo`ladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatga bola o`z extiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo`lmasa, salbiy (astenik) emotsional kechinmalar paydo bo`ladi. Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri emotsional tayyorgarlikdir. Bu tayyorgarlik nafaqat maktabda ta`lim boshlashni hursandchilik bilan kutish, balki bu bilan birga oliy xissiyotlarning ancha rivojlangan bo`lishi, bola shaxsining emotsional xususiyatlari shakllangan bo`lishni taqozo qiladi.

Yüklə 293,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə