Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Kichik maktab yoshi (7-11 yosh)



Yüklə 293,74 Kb.
səhifə33/34
tarix05.04.2023
ölçüsü293,74 Kb.
#104405
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
bolalardagi xavotirlanish va qorquv emotsional holatlarni tadqiq qilish maktabgacha va kichik maktab yosh davrlari )

Kichik maktab yoshi (7-11 yosh). Asosiy faoliyat — o`qish. Bu jarayonda maktab o`qish va ta`lim olish bir-biriga mos tushmasligi mumkin. Ta`lim olish asosiy faoliyat turiga aylanishi uchun o`ziga xos tarzda tashkil etilishi lozim. Yaxshisi, uni o`yinga o`xshatib olib borgan ma`qul: bola o`zi xohlashani uchun o`ynaydi, bu faoliyat uning o`zi uchun kerakli. Ta`lim olish faoliyatining asosiy mahsuloti — inson. Maktab o`quvchisining yangi ma`lumotlari:

  • Shaxsiy refleksiya;

  • Intellektual refleksiya.

Munosabatlar:


  • Kattalar bilan: Bolalarning xulq-atvori va rivojlanishiga kattalarning boshqaruv usuli: avtoritar, demokratik va beparvolik (anarxistik) ham ta`sir ko`rsatadi. Bolalar demokratik boshqaruv usuli sharoitlarida o`zini yaxshi his qilishadi va rivojlanadi.

  • Tengdoshlari bilan: Olti yoshdan boshlab bolalar ko`p vaqtini tengdoshlari, aynan o`zi bilan bir jinsdagi bolalar bilan o`tkazadi. Konformizm kuchayib boradi, 12 yoshlarda u o`zining cho`qqisiga chiqadi. Odatda tanilib ulgurgan bolalar sharoitga yaxshi moslashadi, tengdoshlari orasida o`zini yaxshi his qiladi va hamokrlik qilishga tayyor bo`ladi.

  • O`yin: Odatdagidek, bolalar ko`p vaqtini o`yinga ajratadi. Unda hamkorlik va raqobat tuyg`ulari shakllanadi, haqiqat va adolatsizlik, salbiy fikrlash, tenglik, etakchilik, bo`ysunish, sodiqlik, sotqinlik kabi tushunchalar shaxsiy ahamiyat kasb etadi. O`yin ijtimoiy tus ola boshlaydi: bolalar yashirin jamiyatlar, klublar, maxfiy kartalar, shifrlar, parollar va alohida rituallarni o`ylab topishadi. Bolalar jamiyatidagi rollar va qoidalar kattalar jamiyatida qabul qilingan qoidalarni o`zlashtirish imkonini beradi. 6-11 yoshda o`rtoqlar bilan bo`lgan o`yinlar ko`p vaqtni oladi.

Emotsional rivojlanishi. Bola maktabga borgan damlardan boshlab, uning emotsional rivojlanishi uydan tashqarida to`plagan tajribasiga ko`proq bog`liq bo`ladi. Bolaning qo`rquvi doirasi kengayib borayotgan atrof-muhitdan qabul qilinayotgan yangiliklarni o`zida aks ettiradi. O`tgan yillardagi tushuntirib bo`lmaydigan qo`rquvlar anglangan qo`rquvlar: darslar, ukollar, tabiiy hodisalar, tengdoshlar o`rtasidagi munosabatlardagi jihatlar bilan almashadi. Qo`rquv vahima yoki xavotirlanish shaklini ham olishi mumkin.
Vaqti-vaqti bildan o`quvchilarda maktabga borish xohishi yo`qoladi. Simptomlari (bosh og`rishi, qorindagi og`riq, qayd qilish, bosh aylanishi) hammaga yaxshi ma`lum. Bu bahona emas, bunday vaziyatlarda uning asl sababini aniqlashga e`tibor qaratish kerak. Bu balki muvaffaqiyatsizlik, o`qituvchi tomonidan qilinadigan tanqid, ota-onalar yoki tengdoshlarining yuz o`girishi
oldidagi qo`rquv bo`lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ota-onalarning bola maktabga borishidan do`stona-qat`iy manfaatdorligi katta yordam beradi.
Kuyidagi masalalar mohiyati navbati bilan magistrlik dissertatsiya ishimizda ochib berildi. Har bob buyicha esa xulosalar alohida ishlab chiqarildi.

Yüklə 293,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə