Nizomiy nomidagi



Yüklə 115,74 Kb.
səhifə3/13
tarix24.02.2023
ölçüsü115,74 Kb.
#101423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tadqiqod predmeti: Ijodiy qobiliyat.
Tadqiqod obyekti: O’smir.
Tadqiqod vazifalari:

  1. O’smir yoshidagi o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarining psixologik xususiyatini nazariy ma’lumot asosida o’rganish.

  2. Ijodiy qobiliyatni aniqlovchi tadqiqot metodikalari tanlash.

  3. O’smir yoshidagi o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini amaliy o’rganish.

  4. Metodikadan olingan natijalarni interpretatsiya qilish.

  5. O’smir yosh davrida ijodiy qobiliyatlarni shakllanishining psixologik xususiyatlari bo’yicha yakuniy xulosa berish.

Tadqiqodning ilmiy farazi: Agar:
Xar bir o‘smir shaxsining individual psixologik xususiyatidan kelib chiqib ta’limni takomillashtirilsa, ularning ijodiy qobiliyatlarining cho‘qqisi bo‘lgan iste’dodni rivojlantirish mumkin.
Tadqiqot usullari:

  • Kuzatish metodi

  • Suhbat metodi

  • E.E.Tunik tomonidan kiritilgan “Ijodiy qobiliyatlarni baholash” so’rovnomasi

Tadqiqodning metodologik asosi: BMT va O’zbekiston Respublikasi Hukumatining “Bolalarni ximoya qilish Xalqaro Konvensiyasi” tadqiqotning metodologik asosi bo’ladi.
Bolalar huquqi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega boʻlgan hamda kelajakka qaratilgan eng toʻla va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat oʻzida mavjud boʻlgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balogʻat yoshi birmuncha erta belgilangan boʻlmasa, 18 yoshga toʻlmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga ko’ra, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya 1990-yil 2-sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 9 dekabrda qoʻshilgan.

Yüklə 115,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə