Nizomiy nomidagi


Muammoning o`rganilganligi



Yüklə 115,74 Kb.
səhifə2/13
tarix24.02.2023
ölçüsü115,74 Kb.
#101423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Muammoning o`rganilganligi: Ijodiy qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma`lum darajada tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu kunga qadar izlanishlar olib borganlar. Insonning imkoniyatlarini o`rganishga Sharq mutafakkirlari Farobiy,Beruniy,Abu Ali ibn Sino ,O`zbekiston psixolog olimlari, R.Gaynutdinov, V.A.Tokayeva , P.I.Ivanov(psixologiyaning umumiy masalalari, psixik hodisalarning bolalarda rivojlanishi, ta’lim psixologiyasi soxasida “Umumiy psixologiya”, “Ta’limning psixologik asoslari”) , M.G.Davletshin (“Qobilyatlarni rivojlanishi” , “Texnik qizizishlar”, “Qiziqish va ta’lim”, kabi ko’plab ilmiy – uslubiy qo’llanmalar), M.Vohidov (“Bolalar psixologiyasi”), E.G’oziyev( “Tafakkur psixologiyasi”, “Xotira psixologiyasi”, “Shaxs Psixologiyasi”), B.Qodirov (“Qobilyat va iqtidor”) va boshqa olimlar iqtirdorli o’quvchilar qobiliyati bo’yicha izlanishlar, tadqiqotlar olib borishgan.
Rossiya psixologlari B.M.Teplov (musiqaviylikni tizimini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni kiritadi: musiqani eshitish xususiyati, musiqa ritmi va musiqiy xotira) , B.G.Ananev, N.V.Kuzmina, S.L.Rubinshteyn, A.G.Kovolyev, V.N.Myasishev V.A. Kurtenskiy(Matematik qobiliyatlar psixologiyasi” monografiyasida matematik qobiliyatlar va ularning tizimini keng yoritib bergan) hisoblanadi. Matyushkin M.A., Shumakova N.B., Chistyakova G.D., Yurkevich V.S. ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeyini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko’nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o’rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhum o’rin egallaydilar.
Mazkur muammo bo‘yicha chet el olimlari bir qator ish olib borishgan. Iqtidorli bolalar psixologiyasi muammosi bo’yicha psixologlar D.J.Gilford, P.Torrensa, F.Barrona, K. Teylor, D.J. Kerrol va B. Blum iqtidorli bolalar ta’lim xususiyatlari bo’yicha J.Bryuno shuningdek J.Piaje, E.Torndayk, D.J.Uotson, F..Galton, A.Anastazi, A.Bine, T.Simonlar o’rganadilar.
Tadqiqod maqsadi: O’smirlik davrida ijodiy qobiliyatlar shakllanishining psixologik xususiyatlarini o’rganish.

Yüklə 115,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə