Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar ko’rsatilgan qatorni toping?


Chet ellik investorlarning huquq va majburiyatlari qaysi Qonunda berilgan?



Yüklə 107,38 Kb.
səhifə23/25
tarix29.05.2023
ölçüsü107,38 Kb.
#113911
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Investitsiya umumiy savollar (1)

37. Chet ellik investorlarning huquq va majburiyatlari qaysi Qonunda berilgan?

  1. «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonunda

  2. *«Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonunda

  3. «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi Qonunda

  4. O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksida.



38. «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonunda mo’ljallangan ob’ektiga ko’ra investitsiyalar qanday turlarga bo’linadi?

  1. real va moliyaviy

  2. moddiy va nomoddiy

  3. * kapital, innovatsiya, ijtimoiy

  4. kapital, moliyaviy, ijtimoiy



39. “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunga asosan investitsiyalarga qanday ta’rif berilgan?

  1. Korxonada uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar

  2. Banklarniing, xalqaro moliyaviy institutlarniing v chet ellik investorlarning uzoq muddatlik kreditlari

  3. *Iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar

  4. Chet el investorlari va ichki investorlarning foyda olish maqsadida uzoq muddatli sarmoyalari



40. “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunga asosan investitsiya faoliyatiga qanday ta’rif berilgan?

  1. * investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui

  2. investitsiya faoliyati sub’ektlarining daromad olish bilan bog’liq harakatlari majmui

  3. Davlatning investitsiya resurslarni jalb qilish, ularni samarali joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan harakatlari majmui

  4. Davlat investitsiya dasturining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va qabul qilinishi bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmui



41. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan?

  1. 2001 yil 30 aprel

  2. * 2005 yil 11 aprel

  3. 2012 yil 10 aprel

  4. 1998 yil 30 aprel



42. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan?

  1. 2001 yil 30 aprel

  2. 2005 yil 11 aprel

  3. * 2012 yil 10 aprel

  4. 1998 yil 30 aprel



43. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra xorijiy investorlar qaysi soliqlardan ozod etiladi?

  1. * foyda solig’i, mulk solig’i, yagona soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma

  2. foyda solig’i, mulk solig’i, yagona soliq, er solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i

  3. er solig’i, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma, foyda solig’i, mulk solig’i

  4. foyda solig’i, yagona soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma



44. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra korxonaning ustav kapitalida xorijiy investorning ulushi qanchani tashkil etishi lozim.

  1. kamida 50 foizni

  2. ko’pi bilan 33 foizni

  3. kamida 30 foizni

  4. * kamida 33 foizni



45. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olgan daromadning qancha qismini reinvestitsiyalash zarur?

  1. * kamida 50 foizni

  2. ko’pi bilan 33 foizni

  3. kamida 30 foizni

  4. kamida 33 foizni


Yüklə 107,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə