Nufuzli oliygohlar haqida ma‘lumot reja



Yüklə 376,22 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü376,22 Kb.
#128991
Nufuzli oliygohlar 1


NUFUZLI OLIYGOHLAR HAQIDA MA‘LUMOT
REJA:
1.Dunyodagi top 3 oliygohlar.
2.Ularning hozirgi vaqtdagi holati.
3.Ularga kirish haqida.


1.Oksford universiteti (inglizcha: University of Oxford; norasmiy nomi Oxford University yoki Oxford) — Angliyada joylashgan yirik va qadimiy universitet. Ingliz tilida gaplashadigan dunyoda eng qadimiy universitet va butun dunyodagi ikkinchi eng eski hozirgacha mavjud boʻlgan universitet.

1096-yili Oksford shahrida tashkil etilgan. Universitetda turli davrlarda John Wycliffe, Thomas More, John Locke, Robert Boyle dars bergan. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, klassik adabiyot, yangi va eng yangi tarix, ingliz tili va adabiyoti, oʻrta asr va hozirgi zamon Yevropa tillari va adabiyoti, sharqshunoslik, fizika, matematika, biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari, psixologiya, antropologiya, geografiya, sanʼatshunoslik, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir kancha ixtisoslashtirilgan institut va laboratoriyalari, muzeylari bor. Asosiy kutubxonasi 1602-yil tashkil etilgan.

Oksford universitetitda 14 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi. Oʻqituvchilar orasida London qirollik jamiyati aʼzolari, Nobel mukofoti laureatlari bor.

Unversitet fakultetlardan, 39 ta kollejdan hamda 5 ta kollej nomini olmagan yopiq o’quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o’tkaziladi.

Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167-yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o’qishlarini taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o’qishga majbur bo’lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo’lib, u 1249-yilda Universitet Kolledji (ingl University College) ga asos slogan. Bo’lajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo’lib o’z faoliyatini olib borgan.

Oksford kartasi, 1605 – yil Universitetga qabul: Yangi o’quv yili boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level) abiturientlar bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo’lajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab to’lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt; tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o’qishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning o’zida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yo’l qo’yilmaydi Sababi ular o'rtasidagi raqobatdir.


Universitet tuzilishi. Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq o’quv muassasalaridan tashkil topgan. Hozirda Oksfordda 20000dan ortiq talaba o’qisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin ko’payib ketadi. Oksford rektori – ser Kris Patten. Qizlar 1920 – yildan boshlab qabul qilina boshlangan. 70 – yillardan o’g’il va qiz bolalarni ajratib o’qitish bekor qilingan. Oksford o’qituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin o’qituvchi mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati a’zolari, 100 tasi esa Britaniya akademiyasi a’zolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yo’nalishlari – ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan. Bo’linmalar: - Qadimgi tarix; - Filiologiya, lingvistika va fonetika; - Qo’lyozmalar va rassomchilik san’ati; - Ingliz tili va adabiyoti; - O’rta asr va zamonaviy tillar; - Musiqa; - Teologiya; - San’atlar tarixi; - Tibbiyot tarixi; - Antropologiya; - Biokimyo; - Arxeologiya; - Geografiya; - Botanika; - Zoologiya; - Matematika; >br> - Statistika; - Kimyo; - Geologiya; - Muhandislik fani; - Fizika; - Anesteziya; - Kardiologik tibbiyot; - Klinik laboratoriya fani; - Klinik tibbiyot; - Klinik farmokalogiya; - Genetika; - Oftalmologiya; - Pediatriya; - Psixiatriya; - Jarrohlik; - Tajribaviy psixologiya; - Odam anatomiyasi va genetikasi; - Patologiya; - Fiziologiya; - Afrika; - Braziliya; - Zamonaviy Xitoy; - Yaponiya; - Rossiya va Sharqiy Yevropa; - Janubiy Osiyo; - Iqtisodiyot; - Huquq; - Menejment; - Siyosat va xalqaro aloqalar; - Qo’shimcha ta’lim; Oksford faqatgina Universitetgina emas, balki dunyo bo’yicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan joy hamdir. Universitet 100dan ortiq kutubxonalar, muzeylar va o’z nashriyotiga ega. 300dan ortiq to’garaklar mavjud. Bulardan tashqari sportga ham kata e’tibor beriladi.

2. Cambridge universiteti (inglizcha: University of Cambridge; lotincha: Universitas Cantabrigiensis) — Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy universitetlardan biri boʻlib eng qadimgi universitetlar boʻyicha 3-oʻrinda turadi. Cambridge universiteti 13-asrning 1209-yilda ochilgan bo'lib hozirgacha J.K.Maksvell, P. Dirak, J. Tomson, E. Rezerford va boshqa atoqli buyuk olimlar ishlagan. Filologiya, musiqa, sharqshunoslik, iqtisod va siyosat, tarix, huquq, falsafa, injenerlik geoleogiyasi va geografiya, matematika, fizika, kimyo, arxeologiya, biologiya, tibbiyot, pedagogika, antropologiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Fitsuilyama muzeyi, klassik arxeologiya, arxeologiya va etnografiya, zoologiya, geologiya, fan tarixi muzeylari, rasadxona, botanika bogʻi, qishloq xoʻjaligi stansiyasi va boshqalar bor. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 milliondan ortiq asar saqlanadi. Universitet ma'lumotlariga ko'ra, Cambridge bitiruvchilari va o'qituvchilari 121 ta Nobel mukofotini qo'lga kiritdilar, bu dunyodagi barcha universitetlar orasida eng ko'p.

3. Stanford universiteti yoki Stanford Amerika Qoʻshma shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan xususiy universitet. Fan, texnologiya, biznes boshqaruvi va boshqa bir qancha sohalar boʻyicha AQShda va jahonda yetakchi oʻrinda turadi. U yerda 17,000 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Stanford universiteti kampusining tepadan koʻrnishi
Universitet 1885-yil Leland va Jane Stanford tomonidan 15 yoshida typhoid isitmasidan vafot etgan yagona farzandi Leland Stanford Jr xotirasiga asoslangan. Universitet xususiy mablagʻ hisobiga tashkil etilgan. Leland Amerikalik senator va Kaliforniyaning gubernatori bo'lib, temir magnati sifatida boylik ottirgan. Stanford 1893 yilda Leland o'limidan so'ng va yana 1906 yil San-Fransiskodagi zilzila tufayli kampusning ko'p qismi vayron bo'lganidan keyin moliyaviy qiyinchilikni boshdan o'tqazdi.Stanford ilmiy tadqiqotlar parki deb nomlangan ilmiy-sanoat hududiy majmua tarkibiga kiradi. Geologiya, gumanitar va aniq fanlar, huquqshunoslik, tibbiyot, pedagog, jismoniy tarbiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 13 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida (1885-yil tashkil etilgan) 3,5 milliondan ortiq asar saqlanadi.
1.Oksfordga kirish. Xorijiy davlatlarda ta'lim oladigan ko'pchilik talabalar kelajakda o'z vatanlariga qaytib xizmat qilishni istaydilar. Ana shunday vaziyatda o'z mutaxassisligingiz bo'yicha ishlamoqchi bo'lsangiz, chet elda olingan diplomingizni nostrifikatsiya qilishingizga to'g'ri keladi. Bugungi kunda xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro'yxatiga kiritilgan ta'lim muassasalarining ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, mazkur ro'yxatga kiritilgan ta'lim muassasalarining diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiya qilinadi, ya'ni nostrifikatsiya qilish uchun faqatgina diplomning haqiqiyligi tekshiriladi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda ta'lim olishni maqsad qilganlar ushbu ro'yxatdagi ta'lim muassasalarini tanlasalar kelajakda O'zbekistonda ham o'z sohangiz o'yicha diplomiingiz tan olinadi. Grantlar.uz o'quvchilariga mana shu ro'yxatdagi ta'lim muassasalarini tanishtirib borishni maqsad qildi.
Oksford Universiteti (University of Oxford)
Asos solingan: aniq yili ma'lum emas, 1096 - yildan o'qish ishlari olib borilgani ma'lum.
Talabalar soni: 20.330
Joylashuvi: Oksford, Oksfordshir, Buyuk Britaniya.
Rasmiy sayti: www. ox.ac.uk
Oksford Universiteti (ingl University of Oxford) - Buyuk Britaniya, Oksfordshir grafligiga mansub Oksford shahrida joylashgan. Yevropaning eng qadimgi universitetlari ro'yhatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, Buyuk Britaniyadagi birinchi universitet hisoblanadi. Aniq asos solingan yili ma'lum emas, shuni aytish mumkinki XI asrda ham talabalarga dars berilgan. Buyuk Britaniyaning eng yuqori darajali 20 Universiteti tarkibiga kiradi.
Unversitet fakultetlardan, 38 ta kollejdan hamda 6 ta kollej nomini olmagan yopiq o'quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o'tkaziladi.
Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167 - yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o'qishlarini taqiqlab qo'ydi. Natijada, ko'p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o'qishga majbur bo'lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o'z xissalarini qo'shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo'lib, u 1249 - yilda Universitet Kolledji (ingl University College) ga asos slogan. Bo'lajak Shotlandiya qirolining otasi loann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord - kansleri - Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo'lib o'z faoliyatini olib borgan.
2. Cambridge Trust har yili Kembrij universitetining bakalavriat, magistratura yoki doktoranturadan biriga hujjat topshirgan xalqaro talabalarga stipendiya taklif qiladi.
Bakalavr talabalari Kembrij universitetida o'qish uchun qisman to'lanadigan stipendiya olishlari mumkin. Grant berishning asosiy mezoni - bu akademik ko'rsatkichlar va moliyaviy ehtiyoj. Grant olish uchun raqobat juda katta! Faqat bakalavriat dasturlaridan biriga o'qishga kirgan va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan talabalargina stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar to'g'ridan-to'g'ri fondga murojaat qila olmaydilar, faqat qabul qilingan talabalar ushbu stipendiya uchun ariza berishlari mumkin.
Grantlarning 85%i xalqaro magistrant va doktorantura talabalariga beriladi. Grantning maqsadi, millatidan qat'i nazar, 250 nafar chet ellik talabalarga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot olib borishlarini to'liq ta'minlashdir. Talabalar to'g'ridan-to'g'ri fondga stipendiya olish uchun ariza bermaydilar, stipendiya olish uchun ariza universitetga kirish uchun ariza bilan bir vaqtda topshiriladi.
3. Umumiy Mal'lumotlar:
Dunyoning top universitetlaridan biri Stanford universiteti tomonidan bakalavriat hamda magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishni istagan yoshlar uchun grant ajratildi.
•Bakalavriat bosqichi davomiyligi: 4yil;
• Magistratura va doktorantura : 2,3,4,5 yil bo'lishi mumkin yo'nalishga bog'liq;
Grantning afzalliklari (bakalavriat bosqichi uchun):
• To'liq kontrak miqdori qoplanadi (agar nomzodning oilasining daromadi $150 000 AQSH dollaridan kam bo'lsa);
Kontrakt miqdori, turar joy hamda o'quv qurollari xarajatlari bilan qoplanadi (agar nomzodning oilasining daromadi $65 000 AQSH dollaridan kam bo'lsa);
Grantning afzalliklari (magistratura bosqichi uchun):
• To'liq kontrakt miqdori hamda shunga aloqador xarajatlar qoplanadi;
• Knight Hennessy Scholarship- barcha xarajatlar jumladan yashash xarajatlari, kitoblar, o'quv qurollari, transport xarajatlari va boshqa xarajatlar qoplanadi;
Bir martalik borib kelish uchun aviabiletlar ekonom klassda olib beriladi;
Yüklə 376,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə