Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi



Yüklə 448,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix03.02.2022
ölçüsü448,54 Kb.
#83399
1   2   3   4   5   6   7
Nuklein kislotalarni o

9.1.

 

Nuklein kislota komponentlari. 

Ajratib olingan va tozalangan DNK  va RNK maxsus 

sharoitda  kislota  (DNK)  va  ishqor  (RNK)  bilan  gidrolizlanadi;  ko`pincha  gidroliz 

polinukleotidlardagi  fosfodiefir  bog`larini  uzadigan  maxsus  fermentlar  –  nukleazalar 

ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir bog`lari gidroliz qilinganda ularning 

struktura  monomerlari  –  azotli  asos,  pentoza  va  fosfat  kislota  qoldiqlaridan  iborat 

mononukleotidlar ajralib chiqadi. 



Azotli asoslar. 

Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga 

–  purin  va  pirimidinli  guruhlarga bo`linadi.  Ularning orasida  asosiy va siyrak  (minor) 

purin  va  pirimidinli  asoslar  mavjud.  Eng  muhim  purinli  asoslarga  adenin  va  guanin; 

pirimidinliga esa – sitozin, uratsil va timin kiradi. DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga 

esa  timindan  boshqa  shu  asoslarning  hammasi  va  uratsil  kiradi.  Minor  asoslar  asosan 

tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar 

kiradi. 


Nukleozidlar. 

Azotli  asosning  pentoza  bilan  birikishidan  hosil  bo`lgan  moddaga 

nukleozid  deb  aytiladi. Nukleozidlar  N-glikozidlarga  mansub.  Ularda  pentozaning  C-1 

atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1 atomi bilan bog`langan. Pentoza turiga qarab 

2  xil  nukleozidlar  –  tarkibida  2-dezoksiriboza  bo`lgan  dezoksiribonukleozidlar  va 

tarkibida riboza bo`lgan ribonukleozidlar farqlanadi. Dezoksiribonukleozidlar faqat DNK 

ga;  ribonukleozidlar  esa  faqat  RNK  ga  kiradi. Pirimidin  va  purinli  nukleozidlar  o`ziga 

mos azotli asoslar tutadi. 



Nukleotidlar. 

Nukleozidlarning  fosfat  kislota  qoldig`i  bilan  birikishidan  nukleotidlar 

hosil bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibiga azot asosi, uglevod qoldig`i va fosfat kislota kiradi. 

Bu tartib  (A-U-F) dagi nukleotid 2  xil  gidroliz qilish bilan  aniq  tasdiqlanishi  mumkin. 

Birinchi  gidrolizda  uglevod  bilan  fosfat  kislota  orasida  bog`  uzilib,  azot  asosi  va 

uglevoddan iborat glikozid (nukleozid) hosil bo`ladi. Ikkinchi tur gidrolizda azot asosi 

erkin  holda  ajralib,  uglevod  bilan  fosfat  kislotadan  iborat  monosaxarid-fosfat  hosil 

bo`ladi. Demak,  nukleotid molekulasida uglevod o`rtada joylashgan. 

Pentoza  halqasida  fosfat  turlicha  birikishi  mumkin:  ribonukleotidlarda  2¹,  3¹,  5¹  va 

dezoksiribonukleotidlarda  -  3¹,  5¹  holatlarda  bo`ladi.  Hujayradagi  erkin  nukleotidlar 

fosfatni  5¹  holatda  biriktirgan  bo`ladi.  Nukleozid  -  5¹-fosfatlar  nuklein  kislotalarning 

biologik sintezida ishtirok etadi va ularning parchalanishidan hosil bo`ladi. Nukleozid - 

5¹-fosfatlar  yoki  mononukleotidlar  ularga  mos  keluvchi  nukleozidlarning  unumlari 

bo`lgani uchun asosiy va siyrak ribomononukleotidlar va dezoksiribomononukleotidlar 

farq  qilinadi.  Mononukleotidlarning  fosfatli  uchiga            qo`shimcha            fosfatlarning

 

birikishi hisobiga  uzayishidan 



nukleozidpolifosfatlar  hosil  bo`ladi:  adenozin  5¹-trifosfat  (ATF).  Hujayrada  ko`proq 

nukleoziddifosfatlar va nukleozidtrifosfatlar uchraydi. 

Siklik  nukleotidlar  nukleotidlarning  unumlari  bo`lib,  hujayra  ichidagi  moddalar 

almashinuvining universal regulyatorlari hisoblanadi (3¹, 5¹  - AMF va  3¹, 5¹ - GMF). 

Nukleotidlar unumlarining katta guruhi turli fermentlarning kofermentlari bo`lib xizmat 

qiladi. 



Yüklə 448,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə