Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi



Yüklə 448,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix03.02.2022
ölçüsü448,54 Kb.
#83399
1   2   3   4   5   6   7
Nuklein kislotalarni o

RNK ning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari. 

RNK bir zanjirli molekuladan iborat, 

shu sababli uning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari doimiy emas. RNK ning hamma 

turlari DNK ning bir zanjirini nusxasi bo`lib, tarkibida palindromlar saqlagan qismlaridan 

nusxa ko`chirilganda RNK molekulalarida shpilkalar hosil bo`lishiga olib keladi. 

mRNK  bioximik  G.P.Georgiyev  tomonidan  kashf  etilgan  bo`lib,  ular  hujayrada 

o`tmishdoshi – pre-mRNK dan hosil bo`ladi. Pre-mRNK DNK qismlarining nusxasiga 

ega bo`lganligi uchun uning ikkilamchi strukturasi  shpilkali va to`g`ri chiziqli bo`ladi. 

Pre-mRNK  ning  yetilish  jarayonida  shpilkalar  fermentlar  ta’siriga  uchraydi  va  mRNK 

hosil  bo`ladi.  Nukleotidlar  tripletlari  mRNK  ning  kodli  elementi  bo`lib,  kodon  deb 

aytiladi. Har bir kodon ma’lum bir aminokislotaga mos keladi. mRNK ning ikkilamchi 

strukturasi egilgan zanjir shaklida, uchlamchi strukturasi esa katushkaga o`ralgan ipsimon 

shaklda bo`lib, bunda transport oqsili – informofer alohida o`rin tutadi. 

tRNK  ning  ikkilamchi  strukturasi  ―beda  bargi‖  ko`rinishiga  ega.  U  tRNK ning ma’lum 

bir  qismlaridagi  zanjirning  ichki  komplementar  nukleotidlarining  juftlashishi  oqibatida 

kelib chiqadi. tRNK ning nukleotidlar orasida vodorod bog`lari hosil qilmaganlari halqa 

(petlya) shaklida yoki to`g`ri chiziqli bo`g`inlar hosil qiladi. tRNK da quyidagi struktura 

qismlari farq qilinadi:

 

1.

 



Aksteptor  shoxchasi  to`rtta  to`g`ri  joylashgan  nukleotidlardan  tashkil 

topgan  bo`lib,  ulardan  uchtasi  hamma  turdagi  RNK  larda  bir  xil  tartibda  –  SSA 

ko`rinishiga ega. Bunda adenozinning 3¹ - OH gidroksili erkin. Unga aminokislotaning 

karboksil guruhi birikadi, tRNK ning bu qismi aktseptor deb 




nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. Adenozinning 3¹ - OH gidroksil guruhi 

bilan  bog`langan  aminokislotani  tRNK  oqsil  sintezi  amalga  oshadigan 

ribosomalarga yetkazib beradi. 

2.

 



Antikodonli halqa odatda ettita nukleotiddan hosil bo`ladi. Har bir 

tRNK  o`zining  maxsus  antikodoniga  ega.  tRNK  ning  antikodoni 

komplementarlikka  asosan  mRNK  kodoni  bilan  juftlashadi.  Kodon-

antikodonning  o`zaro  ta’siri  polipeptid  zanjirining  ribosomalarda  yig`ilishida 

aminokislotalarning  yig`ilishida  aminokislotalarning  joylashish  tartibini 

belgilab beradi. 

3.

 

Psevdouridilli  halqa  7  ta  nukleotiddan  iborat  va  albatta  o`zida 



psevdouridil  kislota  qoldig`ini  tutadi.  Bu  halqa  tRNK  ning  ribosoma  bilan 

bog`lanishida ishtirok etadi deb taxmin qilinadi. 

4.

 

Digidrouridinli  yoki D-halqa odatda  8-12 ta nukleotiddan tashkil 



topgan bo`lib, ularning orasida digidrouridinning bir nechta qoldiqlari bo`ladi. 

D-halqa aminokislota o`zining transport RNK sini tanishida aminoatsil – tRNK 

– sintetaza bilan bog`lanishi uchun zarur deb hisoblanadi. 

5.

 



Qo`shimcha  halqa  turli  xil  tRNK  larda  o`lchami  va  nukleotidlar 

tarkibi bo`yicha har xil bo`ladi. 

tRNK  ning  uchlamchi  strukturasi  beda  bargi  shaklida  emas,  balki  bukilib 

buralgan  shaklda  bo`ladi,  bunda  beda  bargining  halqali  yaproqchalari 

qo`shimcha 

 

van-der-vaals bog`lari orqali bog`langan holda o`ralgan bo`ladi: 



 

rRNK  egilgan  zanjirning  birikishidan  hosil  bo`lgan  spiralli  uchastkalar 

ko`rinishidagi ikkilamchi strukturaga ega. rRNK ning uchlamchi strukturasi 

ribosomaning skeleti bo`lib hisoblanadi. U tayoqcha yoki kalava shakliga ega. 

Uning ichki tomoniga ribosoma oqsillari tegib turadi. 


Yüklə 448,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə