Nutq madaniyati



Yüklə 22,44 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü22,44 Kb.
#144078
1   2
Nutq madaniyati predmeti

1-dialektal leksika;
2-so`zlashuv leksikasi;
3-an’anaviy leksika;
4-kitobiy leksika;
5-ilmiy-terminologik leksika;
6-kasb-hunar leksikasi
7- arxoizmlar;
8-tarixiy leksika

Til jamoasi afzal deb bilgan ko`nikmalar yig`indisi tilning umumiy me’yorni tashkil etadi. Umumiy me’yor usual me’yordir. Umumiy me’yor qardosh tillarga nisbatan belgilanadi. O`zbeklar nutqini qardoshlar tilidan ajralib turadigan me’yorlar o`zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yor juda qattiq amal qiladi. Ma’lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o`sh hududida yashaydigan aholi uchun beistisno tushunarli bo`ladi.


Adabiy til – hamma birdek foydalanadigan til. Uning umumxalqiyligi shunda ko`rinadi. Me’yor ma’lum bir til jamoasi uchun mustahkam qo`llanib kelayotgan lisoniy hodisalar yig`indisidir.

  1. Fonetik me’yori.

  2. Talaffuz me’yori.

  3. So`z yasash me’yori.

  4. Morfologik me’yor.

  5. Sintaktik me’yor.

  6. Uslubiy me’yor.

  7. Lug`viy me’yor.

Til me’yorining fonetika, grammatika va boshqalarda bir variantni tanlash qandaydir darajada qat’iy bo`lsa ham, lug`aviy me’yorlar haqida gap ketganda voz kechish kerak deb bo`lmaydi.


Tilning lug`aviy boyligidan foydalanganda me’yorning imkoniyati muallifga takrorni, bir xillikni yengishda chiroyli nutq tuzishda qo`l keladi. Nutqning to`g`riligi uning adabiy me’yorlariga mosligidir. Nutq o`zida adabiy tilning fonetik talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi Grammatik uslubiy me’yorlarini mujassamlashtirgan bo`ladi. Nutqning to`g`riligi uning eng aloqaviy fazilatidir.
Talaffuz me’yorlari. Nutq shaxsiy hodisa. Agar so`zlovchi adabiy me’yorlarini kishi egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan shaxsiy variantni afzal deb qarasa, uning puxta adabiy me’yordan cheklanishi mumkin.
O`zbek tili xususiyat jihatidan uch lahzadan iborat.
Kelishik me’yorlari. Adabiy tilimizda “kuchli” va “kuchsiz” me’yorlari bor.
Kuchli me’yorlar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt amalgam oshiriladi.
Kuchsiz me’yorlar og`zaki nutqida ham e’tibor berilishi oqibatida yuzaga keladi.
O`zbek tilining qorluq lahjasidagi maxsus shahar shevalarda qaratqich va tushum kelishiklari bir xil ko`rsatkichga ega, ya’ni 2 kelishik uchun ham –ni xizmat qiladi.
Qaratqich-qaralmish aloqasida xoslik ma’nosi ifodalanishida ba’zi bir o`zgacha sharoitlarda qaratqich ko`rsatkichi ishlatilmaydi. Masalan: O`zbek tili, shahar kengashi, bahor fasli.
Turli sabablarga ko`ra kelishik joylarini almashtirib ishlatish, ya’ni hamma hollarda ham hozirgi zamon o`zbek tili normalarini buzish hisoblanadi.
Birlarni bee’tiqod.
Birlarni riyo ko`rdim.

Tushum kelishigi affiksini vazn talabi bilan tushirib qoldirsa, she’rda g`alizlikni hosil qiladi:


Quloq soling alvon-alvon so`zlarga,
Karvon yurar olsiz to`la tuzlarga,
Uyga keeling, ikki birday miyani
Urush janjal kim qo`yibdi sizlarga.
Turkiy xalqlarning ba’zilari tilida jo`nalish kelishigi o`rnida ayrim hollarda o`rin-payt kelishigidan foydalanish uchraydi.
Suratda ra’nosan o`zing, men mubtalo qayda boray?
Egalik qo`simchasidan foydalanish me’yorlari.
Egalikning ifodalanmasligi birinchi shaxsga qarashli predmet boshqasi bilan qiyoslanganda ham yuz berishi mumkin. Masalan: Ombizning oti yuz km yo`lni ham pisand qilmaydi.
Egalikdan foydalanish me’yorlariga zid holda egalik qo`shimchasini tushirish hollari og`zaki nutqda ko`zga tashlanmoqda. Masalan: mehnatkashlar tovushi.

Adabiyotlar:





  1. Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999.

  2. I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000.

  3. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.

  4. A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995.

  5. G`.Abduraxmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., “O`qituvchi”, 1995.

  6. www.ziyonet.uz

Yüklə 22,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə