56
Xulosa:
– Til – hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan
bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz
unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz
haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz
.
– Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy mulo-
qot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan
holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan
intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda
bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
– Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimi-
ga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi
bolalarni jismoniy
va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish
muammolarini
o‘rganadi.
– Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda
nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi
metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir.
– Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq–
dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor
berish
zarur bo‘ladi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanining boshqa
fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.
2. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti, maqsadi va vazifalari.
3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va
metodik ishlari.
4. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi.