113
rishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko‘p qirrali.
Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli
bolalarda ularga qaratilgan
nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob be-
rish va o‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil ja-
vob berish qobiliyati shakllanadi.
Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq
matn ichidagi gapning
mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sa-
bab-oqibatli aloqada bo‘ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari
haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqi-
qatan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi
mumkin
.
Bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladigan
faktlar haqidagi xabarlar
tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar
bayon qilish
deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo‘lgan faktlar haqidagi
xabarlar esa
mulohaza
deb yuritiladi.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. Dastlab bu unga nisbatan
aytilgan luqmalar, so‘ngra
esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning mono-
logik nutqlari bo‘ladi.
Ravon nutqdan til elementlari –
tovushlar, morfemalar, so‘zlar,
gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining
o‘rnini
eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashq-
lar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.
Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-
hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi.
Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa-
bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi
bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, mala-
ka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda ravon
nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga
e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo,
ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlana-
di. Unda «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da bo-
lalarni buyuk
siymolar, sarkardalar, ulug‘ mutafakkirlar haqida bilim
114
berish nazarda tutilgan. Ana shularning
barchasi bolalarning milliy
qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va ken-
gaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: