Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Sharq va g‘arb mutafakkirlarining yosh



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2-§. Sharq va g‘arb mutafakkirlarining yosh
avlodni tarbiyalashga oid qarashlari
Reja:
1. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va 
nutqqa oid qarashlari. 
2. Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi 
qarashlari.
3. Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalar riv-
ojlantirishiga oid qarashlari. 
4. K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi. 
Tayanch tushunchalar: 
xalqona tarbiya, sensor va aqliy tarbiya, 
ritorik harakatlar, Onalar maktabi, nutqni rivojlantirish, fikrlashni 
rivojlantirish, ideal jamiyat.
1. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til 
va nutqqa oid qarashlari. 
Ta’lim va tarbiya muammosi juda qa-
dimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g‘arb va sharq mutafakkirlarining 
asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari 
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf
Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy 
va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshi-
ligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa 
qo‘shdilar. 
O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning 
yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga 
qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator 
shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni 
boshqaruvchi obyektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tar-
zini tushunish uchun ham o‘rganish lozim.
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) 
insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-
saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy 
ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning 


38
umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday 
maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni 
takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etish-
dagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini 
tashkil etadi.
Uning fikriga ko‘ra, ta’lim va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida 
maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yor-
damida amalga oshirilishi mumkin.
Forobiy fikriga ko‘ra ta‘lim – bu nafaqat aqliy rivojlanish,
balki umuman ma’naviy rivojlanish, shu jumladan axloqan rivoj-
lanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq 
bo‘lib, ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar 
hisoblanadi.
Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshqarish masa-
lalariga alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning muhim 
vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə