Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari


Lug’atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o’ringa chiqadi. Bu antonimiya



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə8/11
tarix29.05.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#113859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari

Lug’atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o’ringa chiqadi. Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o’tkir - uchi o’tkirlangan, o’tkirlangan), ko’p ma’nolilik (o’tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularni ma‘nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe‘llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma‘noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so’zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Ular so‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulyatsion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni (S-SH, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so‘zda uchragan tovushlarni sezadilar.
Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.

Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog‘lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratilgan muloqotga muhtoj bo‘ladilar.


Nutqiy rivojlanishdagi individual qobiliyatlar kirishimlilikda ham, til hamda ravon nutqni o‘zlashtirish sur‘atlarida ham ifodalanadi. Ko‘pchilik bolalar o‘z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilarning diqqat-e‘tiborini o‘ziga jalb qilishni yoqtiradilar. SHu bilan birga bunda ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi, natijada bunday sergap bola ish bajarishda guruhdagi boshqa bolalardan ortda qoladi. Unchalik kirishimli bo‘lmagan bolalar kam gapiradilar, biroq odatda amaliy vazifalarni boshqalardan ko‘ra tezroq va to‘g‘riroq bajaradilar.
Ravon nutqning vujudga kelish muddatlari va uning mahsuldorligi ham farqlanishi mumkin. Nutqiy rivojlanishning ilk xilida bolaning maxsus o‘qitilmasidan turib hikoya qilishi 4-5 yoshlarda paydo bo‘ladi. Bolalar sehrli ertaklarni bir-birlariga aytib beradilar, o‘yinchoqlar yordamida o‘zlari ham original voqelarni to‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshda an‘anaviy tanish ertakni mustaqil aytib bera olsa, o‘yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og‘zaki hikoya tuza olsa – bu normal holat hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining yuqori darajada rivojlanganligi quyidagilarni nazarda tutadi:

    1. bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini to‘g‘ri, ya‘ni adabiy til normalariga muvofiq holda talaffuz qiladi; ovozni ko‘tarishni (pasaytirishni) biladi; aniq talaffuzga ega; fonematik qabul qilish va nutqni tinglash qobiliyati rivojlangan; nutqdagi xatoliklarni sezadi va ularni tuzatadi; maishiy leksikaga ega, mebel, poyabzal, kiyim, daraxtlarni anglatuvchi umumlashtiruvchi so‘zlarni, narsalarning ayrim detallari va qismlarini biladi; antonimlar, otlarga ta‘riflarni to‘g‘ri tanlay oladi; otdan sifat yasay oladi (yog‘och-yog‘ochdan ishlangan va boshq.); barcha ranglarni aytib bera oladi; turli kasb kishilarining (vrach, oshpaz va boshq.), hayvonlarning harakatlarini ko‘rsatib bera oladi (vovullaydi, miyovlaydi, pishqiradi va boshq.); nutqda ravish, sifatdosh, ravishdoshlarni qo‘llaydi;

    2. nutqda barcha kundalik so‘zlarni, ayrim turlanmaydigan otlarni (pianino, metro, palto) to‘g‘ri qo‘llaydi; otlarni sonda, kelishikda sifat bilan moslashtira oladi; qaratqich kelishik shaklini to‘g‘ri qo‘llaydi; old qo‘shimcha, suffiks, qo‘shimchalar yordamida so‘zlar hosil qiladi; nutqda oddiy (yoyiq, yig‘iq), qo‘shma (bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap) gaplardan, har xil turlanadigan fe‘llardan (xohlashmoqda, yugurishmoqda, uxlashmoqda, va boshq.) foydalanadi; hikoyani mustaqil aytib bera oladi; matn mazmunini voqealar ketma-ketligiga rioya qilgan holda ortiqcha pauzalarsiz aytib beradi; nutqda ifoda vositalaridan foydalanadi; asosiy qismlarni o‘zga darajali qismlar bilan bog‘lay oladi; narsalarni mustaqil bayon qiladi, o‘z shaxsiy hayotida ro‘y bergan voqealar (hodisalar) haqida hikoya qilib bera oladi.

Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‘at zahirasini, balki uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning ob‘ekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalarning biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bo‘lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo‘ladi.
Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ba‘zan ESA, VA kabi bog‘lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba‘zan esa ularsiz bog‘langan qo‘shma gaplar ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko‘pincha so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik bog‘liqlik, ya‘ni: gapdagi so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi.
Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning nutqida aniq ma‘noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta‘sirida ro‘y beradi: bola o‘zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, bolalar nutqida sifatdosh va ravishdosh uchramaydi. Ularning nutqida qiyosiy daraja mavjud emas. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning ravon nutqini tadqiq etish natijalari
Ertakni aytib berishda bolalar tomonidan qo‘llanilayotgan so‘zlar soni 19 dan 65 tagacha yetdi; gaplar soni esa 5-14 ni tashkil qildi. Bolalar nutqda asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi.
O‘zbek tilidagi nutq madaniyatini tadqiq etish natijalari shundan dalolat bermoqdaki, o‘rganilayotgan bolalarning artikulyatsiya apparatlarida biron-bir organik kamchiliklar qayd etilmagan (qisqa qizilo‘ngach, dislaliya – tinglash qobiliyati normal bo‘lgani holda tovushlarni talaffuz qilishning buzilishi va boshq.). 3 nafar bolada yashirin rinolaliya (ovoz tembri va tovush talaffuz qilishning buzilishi) – ya‘ni, poliplar tufayli burundan havo o‘tmasligi aniqlangan; 4 nafar bolada disfoniya – haddan tashqari baland ovozda gapirish (qo‘shiq aytish, o‘yin paytida qichqirish) natijasidagi zo‘riqish sababli ovozning zaiflashib, xirillab qolishi kuzatildi.
Bolalar nutqida nutqiy nafas olishning shakllanmaganligi, bolalarning nutqiy nafas chiqarishni so‘zlanayotgan jumlaning uzunligiga mos ravishda taqsimlay olmaganliklari tufayli pauzalar kuzatildi.
Leksik buzilishlar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar kerakli so‘zlar o‘rniga ushbu vaziyatga mos kelmaydigan boshqa so‘zlarni qo‘lladilar.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar gapda so‘zlarni noto‘g‘ri joylashtirdilar (inversiya).
Axborot tusiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardan iborat bo‘ldi. Hikoya tuzishda bolalar nutqi bir xil ohangda jarangladi (monoton), savol yoki undov ovoz bilan ta‘kidlanmaydi,
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ona (o‘zbek) tilidagi ravon nutqini tadqiq qilish natijalari og‘zaki matnni so‘zlab berishda jumlalar hajmi 4-10 ta gap doirasida, yoki 13-45 ta so‘zdan iborat bo‘lishini aniqlash imkonini berdi. Eng ko‘p jumlalar hajmi ertakni aytib berish, suratga qarab hikoya tuzish hissasiga to‘g‘ri keladi. Bolalarning hikoyalari leksik jihatdan juda sayoz bo‘lib, ularda sifat, fe‘lning sifatdosh va ravishdosh shakllari mavjud emas. Hikoyalar faqat sanab berish bilan cheklanildi, ularda obrazli so‘zlar va ifodalar mavjud emas, o‘z fikrlarini bayon etishda ketma-ketlikka rioya qilinmaydi. Bolalarning nutqi ifodali emas.
Hikoya qilish chog‘ida bolalar tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar 13-45 tani, gaplar esa 4-10 tani tashkil qildi. Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar.
Jaranglayotgan nutqqa bo‘lgan qiziqishning jadal rivojlanishi, til borlig‘ini uning barcha
– fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oluvchi oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuqlardir.
O‘zbekiston Respublikasining ―Ta'lim to‘g‘risida‖gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilish, o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va zamonaviy talablar darajasiga kutarish, yaxshi pedagogik texnologiyalarni ta'limga joriy etish, yosh avlodning yosh xususiyati, bilish faoliyati, tafakkuri, iqtidorini nazarda tutgan holda ta'lim-tarbiya berish, davlat dasturlari, ta'limning davlat meyorlariga mos bo`lgan bilim va malakalarni shakllantirishga imkoniyat yaratdi, har bir fuqaroga O‘zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida ifoda etilgan ―Har kim fikrlash, so‘z va e`tiqod erkinligiga egadir, 41-moddasida ifoda etilgan ―Har kim bilim olish huquqiga egadir, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi degan huquqidan to‘la foydalanish imkoniyatini berdi, mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimi joriy etildi.
Demak, yurtimizda har bir inson o‘z extiyojidan kelib chiqqan holda qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki Milliy istiklol mafko`rasining asosiy g‘oyalaridan biri yoshlarning bilimli, aql-zakovatli bo‘lishlari, har qanday sharoitda o‘z bilimi, aql zakovatiga ishongan holda faoliyat Ko`rsatishi, o‘z ona tilida aniq, ravon, erkin fikrlashini shakllantirishdan iboratdir. Shu bois Mo‘staqilligimiz-ning dastlabki kunlaridan boshlab o‘z ilmi, malakasi, teran fikri bilan Respublikamizning iqtisodiy, ma'naviy extiyojiga mos keladigan, yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga ahamiyat berildi.

Ayniqsa, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yoshlar tarbiyasiga, ularning ilm-ma'rifatl bo‘lishlariga alohida e'tibor berdilar, ularni mo‘staqil fikrlashga o‘rgatish zarurligini; ―...tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qo`lllikdan qutulmasa, inson to‘la ozod bo‘lolmaydi, - deb ta'kidladilar.


Demak, Mo‘staqil Respublikamizda yoshlarga ta'lim berish, fanlarni o‘rgatish bilan birga ularni mo‘staqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi belgalandi. Chunki fikrlash til va nutq, tafakkur bilan bohlik bo`lib, fikrlash jarayonida faraz, mo‘shoxada, isbotlash, tahlil qilish paydo bo`ladi, aqliy faoliyat, ongli harakat, aql-zakovat, maqsad sari intilish, tafakkur shakllanadi, fikr esa nutq orqali ifoda etiladi.
Maktabgacha ta'limdan boshlab bolalar og‘zaki nutqini o‘stirish, ularni ko`rgan, eshitgan voqea hodisalari haqida eslab qolganlarini erkin fikrlash orqali bayon qilish, o‘z fikrini tushunarli, tartibli ifodalash bilan birga ijodiy fikr yuritishga ham o‘rgatiladi, chunki nutq tufayli inson o‘zaro fikrlasgadi, muloqot qiladi.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirish, ularni fikrlashga, uni boshqalarga tushunarli bayon etishga o‘rgatish, bolalarning ―obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt fikrlashini shakllantirish va maktabga tayyorlashda nutq o‘stirish usullarining o‘rni, mohiyati muhimdir. Shuning uchun har bir tarbiyachi pedagogning ta'lim usullarini puxta bilishi, bolalar nutqini rivojlantirishning eng qulay usullarini tanlashi va qo`llay olishi, uni takomillashtirishi lozim.
Bu esa tarbiyachi pedagogdan bolalarni yoshlikdan u yoki bu narsa, buyum, o‘yinchoq, voqea-hodisa haqida fikr yuritish, fikrni bayon qilish uchun mos so‘z tanlashi, fikrni nutq orqali ifodalashi kabi murakkab jarayonni boshqarishning eng qulay yo`li, usulini tanlay bilishni talab etadi.
Demak, ta'lim usuli va usullarining mazmuni tarbiyachi-pedagog va tarbiyalanuvchilarning tartibga keltirilgan o‘zaro munosabati, nutqiy faoliyati shakli bo`lib, ta'limda maqsadga erishish yo`lini ifodalaydi.
O‘shbu jihatdan karaganda ta'lim usullari ko‘p qirrali bo`lib, uni bir necha tomondan o`rganish, turkumga ajratish mumkin. Shuning uchun ham pedagogikada ta'lim usullari, ta'lim mazmuni, uni o‘zlashtirish, o‘quv jarayoni maqsadi, o‘quv faoliyatini boshqarish, bilish faoliyati xususiyatlari, aqliy faoliyatni tashkil etish kabi jihatdan turkumga ajratiladi.
Yu.K.Babanskiy o‘quvchi faoliyati nuqtai-nazaridan usullarni quyidagi turlarga bo`ladi.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə