Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə10/11
tarix29.05.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#113859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari

Suhbat usuli maktabgacha ta'limda eng ko‘p qo‘llaniladigan, eng qulay usul bo`lib, berilgan mavzu yo‘zasidan savol-javob tarzidagi muloqotdir, ya'ni bolalar bilim, malaka, kunikmani tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallaydilar. Shuning uchun tarbiyachi savollarni kiska, aniq, bolalarga tushunarli bo‘lishi, ularning javob bera olish malakasini nazarda tutgan holda tuzishi, zarur urinlarda yullovchi savollar berishi, bolalarning ham savollarga aniq, lo`nda javob bera olishiga erishishi lozim.
Suhbat o‘yinchoq, buyum, narsa, rasm, bolalar ko‘rgan-kuzatgan, o‘zlari ishtirok etgan voqea-hodisalar, tevarak-atrof, tabiat, badiiy asar mazmuni yo‘zasidan bo‘lishi mumkin.
Suhbat usuli qadimiy usullardan bo`lib, XI-XII asrda yashagan buyuk alloma, komo‘siy olim Burxoniddin Zarnuji o`qitishning ko‘satmali tajriba, amaliy (mashq, takrorlash) nazorat usullari bilan birga, so‘zlash o‘slublari, bilimni bayon qilish, hikoya qilish, savol-javob o‘slubini ham tavsiya etadi.
Buyuk olim va mutafakkir Ibn Sino ham suhbat, tushuntirish usullarini eng qulay usul deb biladi.
Suhbat usulining afzalligi shundaki, mashg‘ulotda bolalar ham, tarbiyachi ham faollik Ko`rsatadi, o‘zaro hamkorlik bir-birini qo`llab-kuvvatlash, o‘zaro fikrlash,bilimni nazorat qilish, uni to‘zatish imkoniyatiga ega bo`ladi, bolalar ta'limda sub'ekt va ob'ekt sifatida ishtirok etadilar.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda ta'limning so‘z usullaridan maktabgacha ta'limda foydalanish imkoniyatlari yanada kengaydi. O‘qib berish, hikoya qilib berish usullaridan barcha guruhlarda foydalanilmokda, ertak, hikoya, she'r, erkalama, ko‘shik, lapar, aytishuv, tez aytish, topishmok kabi bolalar adabiyoti va halk og‘zaki ijodi namunalari yuqorida aytilgan usullarda o‘rgatilib, bolalarning nutqi, nutq madaniyati, badiiy nutq malakalari shakllantirilmokda.


Og‘zaki usullardan foydalanish bolalarni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, og‘zaki usullar bolalarni kattalar bilan nutqiy muloqotga kirisga olishi, ularning savollarga javob berishi, hozirjavoblik, nutqni ifodali, tartibli bayon etish, nutq meyorlariga rioya qilishni o‘rgatish bilan birga ularni maktabga tayyorlash, xotirasini shakllantirishga xizmat qiladi, ya'ni eshitib eslab qolish xotirasini rivojlantiradi.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə