Nutq uslublari Asadullayev Bexruz



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə4/5
tarix19.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#111424
1   2   3   4   5
Nutq uslublari

Ilmiy uslub — fantexnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy uslubdir. Bu uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va shu kabilar bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslub oʻz ichida quyidagi mayda uslublarga boʻlinadi: ilmiy ish uslubi, ilmiy-texnik uslub, ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-publitsistik uslub. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va shu kabilar belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va shu kabilarda oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherkfelyeton, badiiy publitsistik makrlarda tez koʻzga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik uslub baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop uslub", "matbuot uslubi" kabi atamalar bilan ham nomlanadi.


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə