|
Nutqning uslubiy turlariRasmiy ish yuritish uslublari Ilmiy uslub
|
səhifə | 3/4 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 1,38 Mb. | | #139858 |
| Nutqning uslubiy turlari Ilmiy uslub Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi. Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor: - Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
- axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
- nutqning ma’lumotlarga boyligi;
- fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
- muallif individualligining sezilmasligi;
- emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
- atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
- matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
- adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
- fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
- ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi);
- turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
- otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
- matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
- maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.
Publitsistik uslub Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir. Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|